So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Rauf Inileev: "Uydagi dastlabki g'alabadan barchamiz xursandmiz" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Uydagi dastlabki g'alabadan barchamiz xursandmiz"

Teglar :  Rauf InileevObod
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Obod" - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Rauf Inileev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Bugun biz uydagi dastlabki g'alabani qo'lga kiritdik. Bundan barchamiz xursandmiz. Biz "Dinamo"ni mavsumni juda yaxshi boshlaganini va oxirgi turlarda o'zini ko'rsata olmayotganini bilardik.

"Dinamo" biz bilan o'yinga qadar juda yaxshi himoyalanib kelayotgandi. Ular odatda 9-10 kishi bo'lib himoyalanadi. Etibor bergan bo'lsangiz, biz uchrashuv boshidan tezda hujumga o'tmasdan, o'z paytimiz kelishini kutdik. Xatto birinchi bo'limda to'p kirita olmagan bo'lsak ham shoshilmadik.

Biz to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, buning natijasida "Dinamo" himoyasida bo'shliq yuzaga keltirishga urindik va bunga erishdik.

Futbol shunday o'yinki, har bir raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'rish lozim. Bugun meni xursand qilgan jihat shuki, biz bu jamoaga qarshi o'ylangan rejamizni maydonda to'liq amalga oshirdik. Natijada esa g'alabaga erishdik. Albatta uchta gol urganimizdan keyin yigitlar xotirjamlikka berilishdi va buning natijasida gol o'tkazib yubordik.

Bugun jamoamiz himoyachisi Anvar G'ofurov qizchalik bo'lgandi. Biz unga qo'shaloq bayram, yani g'alabani taqdim etdik. Kecha G'ofurov tug'ilgan kunini nishonladi, rafiqasi unga qiz farzandni, jamoamiz esa g'alabani taqdim etdi. Bu albatta yoqimli.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика