O'zbekiston - Avstraliya 0:1. "Sokkeruzlar" bilan ilk to'qnashuv Inileevning istefosi bilan tugagan o'yinni yodga olamiz
20 jan 2024 13:15
Yangiliklar
O'zbekiston - Avstraliya 0:1. "Sokkeruzlar" bilan ilk to'qnashuv Inileevning istefosi bilan tugagan o'yinni yodga olamiz
Oldindagi muhim bahs oldidan "sokkeruzlar" bilan o'yinlar tarixini ochib bergan qarama-qarshilikni yodga olish istagi tug'ildi.
Yashil qita vakillari bilan ilk bor 2008 yil JCH-2010 saralash bosqichida Toshkentda to'qnash kelganmiz. Bu bahsning ahamiyati shunda ediki, g'alabadan boshqa har qanday natija bosh murabbiy Rauf Inileevga chiqish eshiklarini ko'rsatardi. Yani saralash raundni Qatarga qarshi uchrashuv bilan boshlagan termamiz ortga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan edi. Mazkur natija esa albatta O'FA rahbarlarini hafsalasini pir qilgandi. Lekin, o'sha paytlarda Qatarni kuchsiz deb bo'lmasdi. Kuintana etakchiligidagi terma jamoadan jiddiy havf kutish mantiqqa to'g'ri kelardi. Boz ustiga oldinda Avstraliya, Yaponiya singari qitaning grand terma jamoalarining sinovidan o'tishimiz lozim edi. Futbolimiz mutasaddilari esa Avstraliya bilan o'yinda Inileevga so'ngi imkoniyatni berishgandi.
O'sha bahs rekonstrukciya qilingan "Paxtakor" stadionidagi ilk uchrashuvga aylangan edi.
Termamiz Avstraliya bilan kechadigan o'yinga bir qator yo'qotishlar bilan etib kelgandi. Yani termada o'z o'rnini topib ulgurgan Aziz Ibragimov, Aleksandr Geynrixlarning xizmatidan murabbiy foydalana olmasdi. Ularning o'rni esa tajribali va yoshi katta o'yinchilar, Ilxom Suyunov, Asror Aliqulovlar bilan to'ldirildi. SHuningdek Vagiz Galiulin ham boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Baqoev va SHackix ikkita hujumchi sifatida tandem hosil qilishi kutildi. Raqib esa Okeaniyadan Osiyoga ko'chib o'tganiga ko'p bo'lmaganiga qaramasdan qitada o'r obro'yiga ega edi. “Liverpul” bilan ECHLda g'olib chiqqan Gari Kyuell, “Fulxem” posboni Mark SHvarcer hamda Mark Breshiano kabi yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangandi. Bizga oson bo'lmasligi aniq edi.
Odatdagidek o'yinni faol boshlagan futbolchilarimiz ilk daqiqalardan chiroyli o'ynash va turli yo'llar bilan kombinaciyalar tashkil qilish payida bo'lishdi. Ammo, yuqorida aytganimizdek mahorat va tajriba o'z so'zini aytayotgandi. Mezbonlar har qancha urinmasin baribir raqib himoyasini yorib o'tishga qiynalishardi, Jasur Hasanov va Islom Inomovlarning qanotdan amalga oshirayotgan tezkor reydlari samara bermadi. Darhaqiqat, Inomov Inileev davrida terma jamoada ko'proq to'p tepdi, murabbiyning ishonchli futbolchilaridan biriga aylangandi.
Faoliyatining eng gullagan paytlarini o'tkazayotgan Inomov o'z poziciyasida chakki harakat qilmasdi. O'yinni o'z tomoniga og'dirayotgan termamiz azolari 26-daqiqada darvozalaridan to'p olib chiqadi. Gol muallifi avstraliyaliklarning faxriy futbolchisi, “Bazel” klubi azosi Skott CHipperfeld. Himoyada yo'l qo'yilgan birgina xato barcha narsani o'zgartirib yuborayotgandi. Birinchidan mag'lubiyat guruhdagi vaziyatni og'irlshatirardi, ikkinchidan Inileev istefoga chiqarilardi. Raqibning bo'ydor va jismonan baquvvat futbolchilariga qarshi SHackix, Baqoev ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushgan Zayniddin Tojievlar ham hech narsa qila olishmagandi. Tayanch yarim himoyasini kuchaytirish va raqibni markazdan o'tkazmaslik maqsadida Temur Kapadzening tushirilishi ham mag'lubiyatdan qutulib qolishimizga yordam bermadi. Cidneyda kechgan javob o'yinida ham Avstraliyaning qo'li baland kelgan (2:0). O'sha saralash yakunida O'zbekiston guruhda so'nggi o'rinni band etgandi.
JCH-2010 saralash bosqichi.
O'zbekiston – Avstraliya – 0:1
10.09.2008. 2-tur. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 34000 tomoshabin.
Bosh hakam: Al-Fadli Saad (Quvayt)
Gol: Skott CHipperfeld, 26.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Asror Aliqulov, Ilhom Suyunov, Islom Inomov, Vagiz Galiulin (Temur Kapadze, 43), Server Jeparov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Ulug'bek Baqoev (Zayniddin Tojiev, 69), Maksim SHackix.
Bosh murabbiy: Rauf Inileev (O'zbekiston).
Avstraliya: Mark SHvarcer, Brett Xolman (Mili Sterjovskiy, 77), Vrett Emerton, Garri Kyuell (Bryus Jite, 90), Karl Valeri, Kristofer Koyn, Luk Uilkshir, Lukas Nill, Mark Breshiano (Devid Karney, 73), Skott CHiperfeld, Yakob Barns.
Bosh murabbiy: Pim Verbek (Niderlandiya).
Quyida uchrashuvdan olingan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin
Vatan madhiyasi yangrayotganda butun vujud larzaga keladi.
Ushbu tarkibdan qaysi futbolchining o'yinlari yorqin taassurot qoldirgan?
O'zbekiston milliy terma jamoasida 60 dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan mudofaa qalqoni Asror Aliqulov. Butsalarini erta mixga ilgan, betakror zarbalar egasi Ilhom Suyunov.
Darvozabon Mark SHvarcerni tanidingizmi?
Avstraliya terma jamoasi mana necha yildirki, biz uchun chaqilmas "yong'oq" bo'lmoqda. Ularni yutish vaqti kelgandir?
"Kengurular"ning o'sha vaqtdagi ustozi Pim Verbek 2019 yil vafot etgan. Niderlandiyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi esa O'mon terma jamoasi bo'ldi. Uning yonida Avstraliyaning bugungi kundagi bosh murabbiyi Grem Arnold.
Australia Martin Boyle - 45' |
Asian Cup Grp. B . 3-tur 23/01/2024, 16:30 1
:
1
Tugadi
|
Uzbekistan Azizbek Turgunbaev - 78' |
Stadion: Al Janoub Stadium, 15290 tomoshabin
Oldindagi bellashuvda O'zbekiston terma jamoasiga omad tilab qolamiz.
Fikrlar