So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Rauf Inileev: "Ektor Kuperga vaqt kerak" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Ektor Kuperga vaqt kerak"

Teglar :  Rauf Inileev
Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi Rauf Inileev kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Suriya o'rtoqlik uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- "Kecha terma jamoamiz yangi bosh murabbiyi Ektor Kuperning birinchi o'yini bo'ldi. Men ham murabbiy sifatida kechagi bellashuvdan o'zim uchun yangilik oldim. SHuningdek, bazi futbolchilarning harakatlari ham maqul keldi. Masalan, Sardor Rashidov boshqalarga nisbatan birmuncha ajralib turdi. Aksar xavfli vaziyatlar aynan u orqali yuzaga keltirildi. Sardorning o'zi ham gol urishi mumkin edi". 

- "Ivan Nagaevni qulay vaziyatga chiqargan ham Rashidov bo'ldi. Futbolchilarimiz bu o'yinda standart vaziyatlarni yaxshi bajarishdi. Gol ham penaltidan kiritildi. Himoyada Anzur Ismoilov yaxshi harakat qildi. Darvozabon Ignatiy Nesterov esa alohida maqtovga loyiq. Agar u bo'lmaganida yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi". 

- "Lekin kecha jamoaviy o'yin yaxshi chiqmadi. Bu endi vaqtga bog'liq masala. SHu o'rinda Kuperni ham to'g'ri tushunish kerak. Uning qo'lidagi ro'yxatda 40ga yaqin futbolchi bor va u hammani sinab ko'rishni xohlayapti. Albatta, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov kabi o'yinchilar sinovga muhtoj emas, lekin boshqalarni sinab ko'rish kerak". 

- "Menga jamoaviy o'yin tomonlama Suriya termasi yaxshiroq ko'rindi. Albatta, muxlislarni ham to'g'ri tushunamiz. Ular Kuperning debyut o'yinidan g'alaba kutishgandi, ammo shu o'rinda biroz kutishga to'g'ri keladi. Hozircha yangi murabbiyga vaqt kerak. U o'zbek futbolini endi ichkaridan o'rganyapti. Menimcha, Kuper Eron bilan bahsgacha bu o'yinni chuqur tahlil qiladi va keyingi bellashuvda yanada kuchli tarkibni tushiradi".

X.Xoliqov yozib oldi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика