Osiyo kubogi-2007. SHackixning hisobga olinmagan goli. Bin Hammamning xati va hakamlar qurboni bo'lgan O'zbekiston
28 dek 2023 16:40
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2007. SHackixning hisobga olinmagan goli. Bin Hammamning xati va hakamlar qurboni bo'lgan O'zbekiston
2007 yil to'rt davlat mezbonlik qilgan galdagi Osiyo kubogida bunga yana bir bor juda yaqin kelgandik. Biroq, hakamlar qurboni bo'lgan terma jamoamiz afsuski, chorak finalda o'z ishtirokni yakunlashga majbur bo'lgan.
Saralashni Valeriy Nepomnyashhiy boshchiligida o'tkazgan, qiyinchilik bilan yo'llanmani qo'lga kiritgan terma jamoaga Rauf Inileev murabbiy etib tayinlanadi. Bir yil avval Qatardagi Osiyo o'yinlarida yoshlar terma jamoasi bilan yaxshi taassurot qoldirgan mutaxassisga ishonch bildirildi.
Yuqorida aytganimizdek qita chempionati final raundi Indoneziya, Vetnam, Malayziya va Tailandda tashkillashtiriladi. Terma jamoamiz o'rin olgan guruh o'yinlariga Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qiladi. Eron bilan ilk tur uchrashuvida vakillarimiz birinchi bo'lib hisobni ochishlariga qaramasdan, yakunda g'alabani ushlab qolishni uddasidan chiqishmagandi. Darhaqiqat, terma jamoa sardori va etakchisi Maksim SHackix diskvalifikaciya tufayli startdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi va ikkinchi tur Malayziya bilan bahsga etib keladi. Hujumchi yuqori sport formasida ekanligi bilinib turardi. SHu boisdan jamoaga qo'shilib ketishi oson kechadi. Bu uchrashuvda termamizning g'alaba qozonishlari deyarli aniq edi. Murabbiy shunga yarasha tarkibda bir qator yoshlarga o'ynash imkoniyatini beradi.
Osiyo kubogi - 2007
Guruh bosqichi. 1-tur.
11.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 1863 tomoshabin.
Eron - O'zbekiston 2:1
Bosh hakam: Al Fadli Saad (Kuvayt)
Gollar: J. Husayniy, J. Qozimiyan - R. Rizoiy (a.g.)
O'zbekiston: Pavel Bugalo, Xayrulla Karimov, Aleksey Nikolaev, Vitaliy Denisov, Pavel Salomin (Marat Bikmaev), Aziz Ibragimov, Islom Inomov, Aziz Haydarov (Hikmat Hoshimov), Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix)
Zahira: Botir Qoraev, Anzur Ismoilov, Ignatiy Nesterov, Ildar Magdiev, G'ayrat Hasanov, Iqbol Akramov, Viktor Karpenko, Anvar G'ofurov
Bosh murabbiy: Rauf Inileev.
Osiyo kubogi - 2007
Guruh bosqichi. 2-tur.
14.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 7137 tomoshabin.
Malayziya - O'zbekiston 0:5
Bosh hakam: Abdurahmon Abdu (Qatar)
Gollar: Maksim SHackix 10, 89, Timur Kapadze 30, Ulug'bek Bakaev 45+2, Aziz Ibragimov, 85
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Anzur Ismoilov (Aziz Ibragimov,50), Aleksey Nikolaev, Islom Inomov, Vitaliy Denisov (Pavel Solomin,68), Viktor Karpenko, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix,63), Maksim SHackix
Anzur Ismoilov, Aziz Ibragimov, Aziz Haydarov, Vitaliy Denisov va hokazo. Amalda terma jamoamiz yirik 5:0 hisobida ustun keladi. Aslida, yuqorida zikr etilgan futbolchilardan Anzur Ismoilov yakuniy tarkibga kiritilishi bir muncha qiyin kechgan. Himoyachi Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi bilan Germaniyadagi yig'inga yo'l olishi kerak bo'lgan. Ammo, milliy jamoaning Janubiy Koreyadagi yig'inida Asror Aliqulov boshidan jarohat olgach uning o'rniga Anzur tarkibga jalb etiladi. Uch ochko bilan qiyin ahvolda qolgan jamoamizni so'ngi turda faqat g'alaba qoniqtirardi.
Xitoy bilan bahsda ikkinchi bo'limda uchta gol urgan hamyurtlarimiz chorak final chiptasiga ega chiqishadi. Geynrix, Kapadze va SHackixning gollari bizga keyingi bosqich eshiklarini ochadi.
Osiyo kubogi - 2007
Guruh bosqichi. 3-tur.
18.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 2200 tomoshabin.
O'zbekiston - Xitoy 3:0
Bosh hakam: Al Fadli Saad (Kuvayt)
Gollar: Maksim SHackix 72, Timur Kapadze 86, Aleksandr Geynrix 90+8
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Aleksey Nikolaev, Anvar G'ofurov, Aziz Xaydarov, Vitaliy Denisov (Viktor Karpenko,63), Aziz Ibragimov (Pavel Solomin,90), Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix,46), Maksim SHackix
SHackixning inobatga olinmagan goli, orqa fonda ustoz fotograf Anvar Ilyosov
CHorak finalda esa Inileev shogirdlari 2006 yil Germaniyadagi mundial qatnashchisi Saudiya Arabistoniga ro'baro' keladi. Bilsangiz, o'sha vaqtlar bu yurt terma jamoasini mag'lubiyatga uchratish amri mahol edi. Ayniqsa, JCH-2006 saralashida raqib Toshkentdan durang qaytib, o'z maydonida istaganini qilgandi. Saudiyaliklarning yulduz futbolchisi Sami Al Jaberning: “O'zbeklar 70 daqiqadan keyin futbol o'ynamaydi” degan kinoyasiga uchragandik. SHuning uchun yarim final yo'llanmasi uchun kechadigan bahs biz uchun nihoyatda ahamiyati yuqori edi. Bir tomondan revansh olishning ayni payti kelgandi. Guruhda ikkinchi o'rinni egallaganimiz uchun delegaciyamiz Malayziyadan Indoneziya poytaxti Jakartaga ko'chadi. Federaciya rahbarlari chorak final yo'llanmasi qo'lga kiritilgani munosabati bilan jamoaga mukofot belgilashdan tashqari Rauf Inileevga maxsus kastyum sovg'a qilishadi. Lekin, murabbiy irim qiladimi eskisini kiyishni maqul ko'radi.
Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq raqib futbolchisi Yosir Al Qahtoniy Nesterov darvozasiga gol urib terma jamoamiznig rejalarini buzib yuboradi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz har qancha urinmasin Qahtoniyga qarshilik ko'rsata olmagandi. O'yin tizginini qo'liga olgan jamoamiz azolari bosim va hujumlarni oshiradi. Ammo, birortasidan naf chiqmaydi. Ustiga ustak hakamlarning noholis qarorlari o'yinning borishiga salbiy tasir qiladi. Buning sabablaridan biri – singupurlik qanot hakami Tang YU-Muning o'ta qo'pol xatosidir. U o'yindan tashqari holatni belgilashda yaqqol adashib SHackixni toza goldan mahrum qilgandi.
Quyida ushbu hisobga olinmagan golni tomosha qiling.
75-daqiqada Al Muso gol urib tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Pavel Salomin 82-daqiqada oradagi farqni qisqartirganiga qaramasdan baribir g'alaba Saudiya Arabistoni tomonida bo'ldi.
SHuni unutmasligimiz kerakki, milliy jamoamiz musobaqa davomida haqiqatdan ham chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Endilikda ishqibozlarda yuqori darajadagi jamoalarni yutishimizga ishonch paydo bo'la boshlagandi. OFKning o'sha vaqtdagi prezidenti Muhammad Bin Hammam o'yindan so'ng hakamlarning xatosi uchun uzr so'rab maktub yo'llagandi. Yil yakunida esa Rauf Inileev Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etilgandi.
Osiyo kubogi – 2007. CHorak final.
22.07.2007. Jakarta “Gelora Bung Karno” stadioni, 12000 tomoshabin
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston – 2:1
Hakam: Kvon CHjon CHul (Janubiy Koreya)
Gollar: Yosir Al Qahtoniy (3), Al Muso (75) – Pavel Salomin (82).
O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 2. Xayrulla Karimov, 4. Aziz Ibragimov, 17. Aleksey Nikolaev, 23. Vitaliy Denisov, 28. Anvar G'ofurov (15. Aleksandr Geynrix, 46), 7. Aziz Haydarov (9. Pavel Salomin, 78), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Viktor Karpenko, 57), 19. Islom Inomov, 16. Maksim SHackix
Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.
Fikrlar