So’nggi yangiliklar

23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  1 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  149 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6

Rasmiy xabar: Vladimir Kozak - AGMK futbolchisiga aylandi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Vladimir Kozak - AGMK futbolchisiga aylandi

AGMK yangi 2021 yilgi mavsumga har taraflama jiddiy hozirlik ko'rishda davom etmoqda.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan olib borilayotgan selekcion ishlar natijasida jamoa navbatdagi transfer orqali tarkibni yanada shakllantirdi.

Bu gal AGMK tajribali futbolchi Vladimir Kozak bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Kozak erkin agent sifatida AGMK jamoasiga o'tdi.

Vladimir Kozak 1993 yil 12 iyun kuni Namangan shahrida tavallud topgan. Futbolchi professional faoliyatini 2009 yildan etiboran "Paxtakor" jamoasida boshlagan va 12 mavsum davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan. Kozak faoliyati davomida jami 299 o'yin o'tkazgan 24ta golga mualliflik qilgan.

Kozakning maydondagi asosiy ampluasi markaziy yarim himoya hisoblanadi. Lekin universal futbolchi sifatida shakllangan iqtidor sohibi maydonning istalgan nuqtasida bir maromda o'ynash qobiliyatiga ega. Kozak tayanch yoki markaziy yarim himoyadan tashqari qanot va markaziy himoyachi hamda kerak paytda hujumkor vinger rolida ham harakatlana oladi.

"Paxtakor"dagi uzoq yillik faoliyatidan keyin muhitni almashtirgan Kozak AGMK jamoasiga o'tganidan keyingi fikrlari bilan bo'lishdi:

"Ko'proq futbol o'ynashni va AGMK bilan ham o'zimni sinab ko'rishni maqul topdim. Oldimda qator takliflar bo'lishiga qaramasdan AGMKga o'tishni lozim topdim. Ochig'i, men pulni emas, balki futbolni tanladim. O'ylaymanki, AGMKga jamoasi bilan OCHLga muvaffaqiyatli to'p tepib, qator g'alabalarga erishamiz. Bu yo'lda yangi jamoamga qo'limdan kelgan barcha yordamni ayamayman. Mirjalol Qosimov bilan birga ishlash menga yoqadi. Rahbariyat va murabbiylar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga hamda muxlislarni xursand etishga harakat qilaman. Xullas, AGMKda aytiladigan shiorga amal qilamiz: Biz Bu Biz! Olg'a, AGMK».





Reklama



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика