So’nggi yangiliklar

10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2

Ilyos Zeytullaev: "Bunday ajoyib hissiyotlarni faqatgina futbol bera oladi. Nosir Abdusalomovni o'tgan yildan beri kuzatib kelaman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bunday ajoyib hissiyotlarni faqatgina futbol bera oladi. Nosir Abdusalomovni o'tgan yildan beri kuzatib kelaman"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"Bunday hissiyotlarni faqat futbol bera oladi. Buni hozir yigitlarga ham aytdim. O'tgan yili jamoaga kelganimdan buyon bunday emociyani hali boshimdan kechirmagandim. Jamoam shunday ajoyib ish qildiki, kimnidir ajratib ko'rsatish qiyin. Deylik, Temurxo'ja Abduxoliqov sardor sifatida katta hajmdagi ishni bajaryapti, darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilov umuman jamoamiz juda ahil va inoq",- deydi Zeytullaev

- Birinchi bo'limda "Bunyodkor" futbolchilari juda sekin o'ynashdi. Vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q. Ikkinchi bo'limda esa tezlik qo'sha olishdi. Shroller ikkita golda ishtirok etdi. Murabbiy sifatida jamoangizni vaziyatdan qanday olib chiqib ketdingiz?

- O'yinni ko'rib chiqib keyin bu haqida xulosalar qilish mumkin. Shu o'rinda bu menga ham qiziq, chunki yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik, "Dinamo" bilan bahsni solishtirganda himoyada kuchsizroq harakat qildik. Yigitlar bilan tanaffusda gaplashib oldik, tanaffusga qadar bitta gol urganimiz ham ruhan ustunlik berdi deb o'ylayman. Zaxiradan tushganlar ham o'zlarini ko'rsata oldi deya olaman. 

- Nosir Abdusalomov birinchi davra kashfiyoti bo'la oldi. Umuman bunday yoshlar ko'p. Ular shunchaki raqobatda yutqazyaptimi yoki mashg'ulotlarda farq bilinmoqdami?

- Biz yoshlarga imkon berishda davom etamiz. Masalan, oxirgi o'yinlarda Narimon Ahmadjonov o'ynadi. Farruh Ibrohimov, Nosir Abdusalomov va boshqalar. Faqat biroz sabr va vaqt kerak. Nosirni o'tgan yildan kuzatib kelayotgandim. Unda Superligada o'ynash uchun barcha narsa bor edi. 

- Azizbek Amonov avval o'ynagan jamoalarida yorqinroq ko'rinardi. Oldingi chiziqda faol harakat qilardi. "Bunyodkor"da u vazifasini hali bilmayotgandek...

- Aziz professional futbolchi. Legioner bo'lib o'ynagan, terma jamoada to'p tepgan. Faqatgina biroz o'zini o'yinini topib olishi kerak. Unga yordam beramiz, ishonamanki hali jamoaga ko'p foydasi tegadi.

- Oxirgi oylar siz uchun o'ziga hos davr bo'ldi. Ilyos Zeytullaev qiyin pallada o'ziga o'zi qanday motivaciya berib chiqib ketdi?

- Bunday pallada faqatgina xudo kuch beradi. Ikkinchidan bunday ahil jamoani tashlab keta olmayman. Men va murabbiylar shtabim qo'limizni tushirishga haqqimiz yo'q edi. Futbolchilar bizga qarab kayfiyatini belgilaydi. Bu o'rinda men butun murabbiylar shtabimga katta rahmat aytmoqchiman. Qo'l ostimda ajoyib mutaxassislar jamlanishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
29 iyu 22:59:32
O'zbek futboli XD
O'zbek futboli XD foydalanuvchining fikriga javob berish
Xudo shukur navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdik yasha Toshkenni Bunyodkori! Raxmat O'zbekistoni Pep Guardiolasi Ilyos Zeytullayev Bugun yorvordila kambek qilip. Keyingi tur Andijonda Andijonjiyam yutishimiz shart. Qo'lni tushirmimiza 3 ochko sari qadam bossssss!
Xudoga shukur navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdik yasha Toshkenni Bunyodkori!
Raxmat O'zbekistoni Pep Guardiolasi Ilyos Zeytullayev
Bugun yorvordila kambek qilip.
Keyingi tur Andijonda Andijonniyam yutishimiz shart.
Qo'lni tushirmimiza 3 ochko sari qadam bossssss!
   
29 iyu 22:57:50
O'zbek futboli XD
Xudo shukur navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdik yasha Toshkenni Bunyodkori!
Raxmat O'zbekistoni Pep Guardiolasi Ilyos Zeytullayev
Bugun yorvordila kambek qilip.
Keyingi tur Andijonda Andijonjiyam yutishimiz shart.
Qo'lni tushirmimiza 3 ochko sari qadam bossssss!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика