Rasmiy xabar: Viktor Kumikov - "Andijon" bosh murabbiyi
11 may 2020 13:08
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Viktor Kumikov - "Andijon" bosh murabbiyi
Muborakning "Mashal", Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning AGMK klublari orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Andijon" futbol klubi rahbariyati rossiyalik mutaxassis bilan muzokara olib bordi va muzokara natijalari ijobiy yakunlandi.
57 yoshli Viktor Balyutovichning so'nggi jamoasi Qozog'istonning "Atirau" klubi bo'lgan edi.
Malum muddat Qozog'iston terma jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikov faoliyati mobaynida ikki marta Qozog'iston chempioni, bir marta mamlakat Kubogi va Superkubok sohibi bo'lgan va uch marotaba mamlakatning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan.
Viktor Kumikovning "Andijon" klubidagi ishlariga omad yor bo'lishini tilaymiz!", - deb yoziladi "Andijon" klubining telegramdagi rasmiy kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar