Rasman: Vengerning yangi ish joyi ma'lum

Alisher
14 noya 2019, 10:42
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFAda faoliyat yuritadigan bo'ldi.

70 yoshli francuz futbolni global rivojlantirish rahbari etib tayinlandi. Venger butun dunyo bo'ylab erkaklar va ayollar o'rtasida futbolni rivojlantirish va rag'batlantirish ishlariga javobgardir.

Venger bir necha vazifalardan tashqari murabbiylarni tayyorlash ishlari bilan ham shug'ullanadi. Shuningdek, futbolchilikdan murabbiylikka o'tishni osonlashtiruvchi dasturni boshqaradi.

Bugun Vengerni FIFAning Cyurixdagi shtab-kvartirasidagi yangi lavozimida tashkilot prezidenti Janni Infantino kutib oldi.

Eslatib o'tamiz, Venger oldinroq "Bavariya"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fifa.com