Rasman: "Roma" Abraxamning transferini elon qildi
17 avg 2021 15:35
Yangiliklar
Rasman: "Roma" Abraxamning transferini elon qildi
"CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam "Roma" o'yinchisiga aylandi.
Oldinroq, 23 yoshli angliyalik futbolchi Rimga uchib kelgani va tibbiy ko'rikdan o'tgani xabar qilingan edi. SHartnoma besh yilga mo'ljallangan - 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Roma" futbolchi uchun 40 million evro to'ladi. Oldinroq xabar berilganidek, Abraxamning maoshi bir mavsum uchun 5 million evro (qo'shimcha 1 mln bonuslar ko'rinishida)ni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Abraxam "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar