Rasman: Pogbaning akasi faoliyatini francuz klubida davom ettiradi
18 may 2020 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/567618_original.jpg)
![](/upload/storage/567618_220.jpg)
Rasman: Pogbaning akasi faoliyatini francuz klubida davom ettiradi
29 yoshli gvineyalik himoyachi Florentin Pogba faoliyatini Franciyada davom ettiradi.
Afrikalik futbolchining yangi klubi Liga 2'da ishtirok etuvchi "Sosho".
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma o'yinchining tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng imzolanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Florentinning so'nggi klubi "Atlanta Yunayted" bo'lgan edi. Pogba Amerika klubidan 2019 yilda ketgan.
Eslatib o'tamiz, Florentin Pogba MYU o'yinchisi Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar