"Real" Zidanni qaytarmoqchi
27 dek 2025 12:25
Yangiliklar
"Real" Zidanni qaytarmoqchi
"Real" prezidenti Florentino Peres franciyalik murabbiy Zinedin Zidanni Ispaniya jamoasiga qaytarishga qatiy qaror qildi.
Qayd etilishicha, Peres 53 yoshli mutaxassisni Franciya terma jamoasi bilan ehtimoliy dastlabki shartnomadan voz kechishga va 2026 yilda "Real"ni boshqarishga ko'ndirmoqchi.
Zidan 2013/14 yilgi mavsumda "Real"da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan, 2016-2018 yillarda, shuningdek, 2019-2021 yillarda "qaymoqranglilar"ni boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan va uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.
2025 yilning may oyidan boshlab "Real"ga Xabi Alonso murabbiylik qilmoqda. La Liga 2025/26 mavsumi 18-turidan so'ng "qaymoqranglilar" 42 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar