Rasman: MYU himoyachisi “Bayer”ga o'tdi
13 jan 2021 20:50
Yangiliklar


Rasman: MYU himoyachisi “Bayer”ga o'tdi
“Qizil iblislar” azosi Timoti Fosu-Mensa faoliyatini “Bayer”da davom ettiradi.
23 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2024 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfer summasi esa hozircha oshkor qilinmadi. Niderlandiyalik yangi jamoasida 24-raqam ostida o'ynaydi.
Fosu-Mensa 2014 yildan beri MYUda o'ynayotgandi. U asosiy jamoa libosida 30 ta bahsda maydonga tushgan, shuningdek, ijara asosida “Kristal Pelas” va “Fulxem”da harakat qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar