Rasman: Manjukichdan so'ng “Yuve”ning yana bir hujumchisi “Al-Duhayl”ga o'tdi
08 jan 2020 20:00
Yangiliklar
Rasman: Manjukichdan so'ng “Yuve”ning yana bir hujumchisi “Al-Duhayl”ga o'tdi
“Yuventus” hujumchisi Xan Kvan Son “Al-Duhayl” futbolchisiga aylandi.
Ayrim manbalarga ko'ra, Qatar klubi shimoliy koreyalik forvardni 5 mln. evro evaziga xarid qilgan. 21 yoshli Xan joriy mavsum turinliklarning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. U-23 safida esa 20 bahsda qatnashib, 1+2 ko'rsatkichga erishdi.

Eslatib o'tamiz, 2 yanvar kuni “Yuventus” Xan Kvan Sonni "Kalyari"dan 3,5 mln evro evaziga sotib olgandi.
Endi “Al-Duhayl” tarkibida “Yuventus”ning uch nafar sobiq azosi harakat qiladi. Bular: Xan Kvan Son, Mario Manjukich va Medxi Benatiyalardir.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar