Rasman: “Lion” Liga 2 to'purarini o'z safiga qo'shib oldi
10 iyu 2020 20:35
Yangiliklar


Rasman: “Lion” Liga 2 to'purarini o'z safiga qo'shib oldi
“Gavr” forvardi Tino Kadevere faoliyatini “Lion”da davom ettiradi.
U bilan shartnoma 2024 yil yozigacha tuzildi. 24 yoshli zimbabvelik futbolchining transferi bilan bog'liq boshqa malumotlar ochiqlanmagan.
Tino joriy mavsum Franciya Liga 2'da 24 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bora aniq nishonga olgan holda musobaqa to'purarlik qilayotgan edi. CHempionat bahslari esa koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin tugagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar