Rasman! Fayzullo Jumanqo'ziev - "Turon" futbolchisi!
13 iyu 2023 22:13
Yangiliklar


Rasman! Fayzullo Jumanqo'ziev - "Turon" futbolchisi!
Yaypan klubi yarim himoyachi bilan 2024 yilning so'ngiga qadar shartnoma imzoladi.
"Turon" klubi Fayzullo Jumanqo'ziev bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
25 yoshli futbolchi birinchi davrani "Buxoro" klubi safida o'tkazib, 11 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.
Kelishuv 2024 yilning so'ngiga qadar mo'ljallangan. Avvalroq o'yinchining "Buxoro"ni tark etgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar