Rasman: Dinamo bosniyalik forvard bilan shartnoma imzoladi
26 jan 2022 15:09
Yangiliklar
Rasman: Dinamo bosniyalik forvard bilan shartnoma imzoladi
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, «Dinamo» jamoasi safiga Bosniya va Gercogovina mamlakatidan Aleksandar Glishich kelib qo'shildi. 29 yoshli forvard jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun taklif etilgan. Bosniyalik hujumchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
1992 yilda tug'ilgan Glishich faoliyatini 2011 yilda Bosniyaning «Crvena Zemlya» klubida boshlagan bo'lsa, 2015-2018 yillar davomida «Radnik» klubi sharafini himoya qilgan. 2019 yil Armanistonning «Bananc» klubiga o'tgan Aleksandar yarim mavsumdan keyin mamlakat chempioni «Alashkert»dan taklif olib, so'nggi bir yarim yilda Erevan klubi safida Armaniston Premer-ligasi chempioni, kubogi va Superkubogi g'olibiga aylangan. «Alashkert» safida jami 48 o'yinda 15ta golga mualliflik qilgan.
Qayd etish joiz, Aleksandar Glishich 2021/22 yilgi mavsumda bir yo'la Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli uchta turniri – Evropa CHempionlar ligasi, Evropa ligasi va Evropa Konferenciyalar ligasida to'p surgan kam sonli o'yinchilardan biri bo'ldi. Bosniyalik 29 yoshli forvard «Aleshkert» safida dastlab Evropa CHempionlar ligasi birinchi saralash bosqichida iyul oyida Uelsning «Konnas-Ki» klubi to'sig'idan o'tgan bo'lsa (1:0, 2:2), ikkinchi saralash bosqichida «SHerif»ga qarshi o'yin o'tkazib, mag'lub (1:3, 0:1) bo'lgan va «Aleshkert»ning yagona goli Glishich tomonidan kiritilgan. Natijada, «SHerif» ECHLdagi sensacion yurishini boshlagan bo'lsa, «Aleshkert» Evropa ligasi saralash bosqichida qatnashgan.
Eslatib o'tamiz, bungacha Glishichning samarqandliklar safiga o'tishi haqida "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar bergan edik.
Eshitdik-da! “Dinamo” bugun bosniyalik forvard bilan shartnoma imzolaydi
Fikrlar