Rasman: Dinamo bosniyalik forvard bilan shartnoma imzoladi

Alisher
26 yanv 2022, 15:09
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Bosniya va Gercogovina mamlakatidan Aleksandar Glishich kelib qo'shildi. 29 yoshli forvard jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun taklif etilgan. Bosniyalik hujumchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

1992 yilda tug'ilgan Glishich faoliyatini 2011 yilda Bosniyaning Crvena Zemlya klubida boshlagan bo'lsa, 2015-2018 yillar davomida Radnik klubi sharafini himoya qilgan. 2019 yil Armanistonning Bananc klubiga o'tgan Aleksandar yarim mavsumdan keyin mamlakat chempioni Alashkertdan taklif olib, so'nggi bir yarim yilda Erevan klubi safida Armaniston Premer-ligasi chempioni, kubogi va Superkubogi g'olibiga aylangan. Alashkert safida jami 48 o'yinda 15ta golga mualliflik qilgan.

Qayd etish joiz, Aleksandar Glishich 2021/22 yilgi mavsumda bir yo'la Yevropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli uchta turniri – Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Yevropa Konferenciyalar ligasida to'p surgan kam sonli o'yinchilardan biri bo'ldi. Bosniyalik 29 yoshli forvard Aleshkert safida dastlab Yevropa Chempionlar ligasi birinchi saralash bosqichida iyul oyida Uelsning Konnas-Ki klubi to'sig'idan o'tgan bo'lsa (1:0, 2:2), ikkinchi saralash bosqichida Sherifga qarshi o'yin o'tkazib, mag'lub (1:3, 0:1) bo'lgan va Aleshkertning yagona goli Glishich tomonidan kiritilgan. Natijada, Sherif YCHLdagi sensacion yurishini boshlagan bo'lsa, Aleshkert Yevropa ligasi saralash bosqichida qatnashgan.

Eslatib o'tamiz, bungacha Glishichning samarqandliklar safiga o'tishi haqida "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar bergan edik.

Eshitdik-da! “Dinamo” bugun bosniyalik forvard bilan shartnoma imzolaydi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати