Rasman: "CHelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini Eronda davom ettiradi
09 avg 16:49
Yangiliklar
Rasman: "CHelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini Eronda davom ettiradi
U o'zining yangi jamoasi bilan 2025 yilning 30 iyunigacha shartnoma tuzdi.
O'zining voqealarga boy faoliyati davomida Kakuta Evropaning ko'plab mashhur klublarida o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Eng ko'zga ko'ringanlari orasida u katta futboldagi faoliyatini boshlagan Londonning "CHelsi", shuningdek, "Fulxem", "Bolton", "Lacio", "Rayo Valekano", "Sevilya" va "Deportivo" klublaridir. Bundan tashqari, futbolchi Franciyaning "Lans" va "Amen" jamoalarida to'p tepgan.
Qizig'i shundaki, yoshlar darajasida Kakuta barcha yoshdagi Franciya terma jamoalari sharafini himoya qilgan. Biroq kattalar futboli haqida gap ketganda, yarim himoyachi oilasi kelib chiqqan Kongo DR terma jamoasida o'ynagan.
Kakuta o'tgan mavsum Franciyaning ikkinchi kuchli divizioni bo'lgan Liga 2da munosib natijalar ko'rsatgan. O'tkazilgan 22 ta o'yinda u 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Faoliyatimdagi yangi sinovdan xursandman. "Istiqlol" – boy tarixga ega klub va men jamoaga yangi cho'qqilarni zabt etishda yordam beraman degan umiddaman", – dedi Kakuta.
Fikrlar