Rasman: Afsonaviy futbolchi Italiya klubi bosh murabbiyiga aylandi

18 iyun 2019, 13:59
Italiya A Seriyasida ishtirok etgan va o'tgan mavsum natijalariga ko'ra B Seriyaga ravona bo'lgan "Frozinone" jamoasida murabbiy almashdi.

Marko Baronini iste'foga chiqargan "Frozinone" klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladi.

Unga ko'ra, AQSHning "Mayami" hamda Italiyaning "Perudja" jamoalarini boshqargan Alessandro Nesta jamoa boshqaruviga keldi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia