So’nggi yangiliklar

00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  3 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  0 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  6 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  6 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  5 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  4

Rahimjon Davronov: “Darvozabon bo'lishimdan avval himoyachi bo'lganman” Yangiliklar

Rahimjon Davronov: “Darvozabon bo'lishimdan avval himoyachi bo'lganman”

Muborakning “Mashal” jamoasi akademiyasida tarbiyalanib ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan Rahimjon Davronov O'zbekiston OTJ bilan Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida bosh sovrin sohibi bo'lganidan barchaning xabari bor.

Davronov “Mashal” jamoasi bilan Pro-liga ishtirok etmoqda. Biz Rahimjon Davronov bilan bog'lanib faoliyati borasida suhbatlashdik. 


- Bu yilgi Pro liga bahslari qay darajada qiziqarli o'tmoqda?

- Bu yilgi Pro-liga bahslari o'tgan yilgiga qaraganda ancha kuchaygan. CHempionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. O'yinlar ham juda ham qiziqarli o'tmoqda. 

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Rahbariyat tomonidan oldimizga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Bu borada murabbiylarimiz tinmay ish olib borishmoqda. Nasib qilsa oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz va kelasi yili Superliga bahslarida ishtirok etamiz.

- Futbolga kirib kelishingiz qanday amalga oshgan?

- Futbolga kirib kelishimga dadam sababchi bo'lganlar. O'zimda ham qiziqish bo'lgan albatta. Birinchi murabbiylarim Botirov Jamshid va Saidov Jamshid aka bo'lganlar. Futbolni himoyachi sifatida boshlaganman. Bo'yim uzun bo'lganligi sababli darvozabonlar murabbiyi Bobur aka darvozabon bo'lishimni taklif qilganlar. 

- Darvozabon bo'lganingizdan afsuslanganmisiz?

- Boshida shunday holat bo'lgan. Qiyinchiliklar bo'lgan. Keyinchalik jamoadoshlarim, murabbiylar qo'llab-quvvatlashgan. Qiyinchiliksiz bir nimaga erishib bo'lmasligini o'zim ham tushinib etganman. 

- Himoyachi bo'lavermaganmisiz? CHunki bo'yi baland himoyachilar ko'pku?

- To'g'ri, gapizda jon bor. Lekin, darvozabon bo'lishga o'zimda qiziqish paydo bo'lgan. 15 yoshimdan darvozabon bo'lganman. 

- Olimpiya terma jamoasiga jalb qilingansiz. Bundan avval ham terma jamoadan chorlov bo'lganmi?

- Avval chaqiruv bo'lmagan. Birinchi marotaba terma jamoaga chaqirildim. 

- Mashaldan boshqa qaysi jamoada o'ynagansiz?

- Yo'q, boshqa jamoa sharafini himoya qilmaganman. “Mashal” jamoasi akademiyasida tarbiyalanib asosiy jamoaga jalb qilinganman. 

- Boshqa jamoalardan takliflar bo'lganmi?

- Ha, takliflar bo'ldi. Lekin qaysi jamoadanligi sir bo'lib qolsin. 

- Ilk olgan maoshingizni eslay olasizmi?

- Ilk olgan maoshim 250 ming so'm bo'lgan. Olgan maoshimni ota-onamga olib borib berganman. 

- Nimadan qo'rqasiz?

- Jarohat olishdan qo'rqaman. Jarohat futbolchi uchun eng yomon holat.

- Raqobatdanchi?

- Raqobatdan qo'rqishning keragi yo'q. Aksincha, raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Raqobat kuchli bo'lishimga yordam beradi. 

- Kimni o'zingizga raqobatchi deb hisoblaysiz?

- Hozirda tarkibimizda kuchli darvozabonlar bor. Bular Botir Nosirov hamda yosh posbon Rahimjon Abduqodirov. SHular bilan yaxshi raqobat ketmoqda. 

- Qaysi darvozabon kumiringiz?

- Ederson Moraes o'yinlarini kuzatib boraman.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Yoshligimdan “Arsenal” jamoasiga muxlislik qilaman.

- Terma jamoa bilan Osiyo chempioni bo'ldingiz. O'sha musobaqada biror marotaba ham maydonga tushmadingiz. Bundan xafa bo'lganmisiz?

- Yo'q, nima uchun xafa bo'lishim kerak? Aksincha, xursand bo'lganman. Bu butun jamoaning g'alabasi. O'sha musobaqadagi o'yinlarda ishtirok etmagan bo'lsamda jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlab turganman. Bir bir oiladekmiz. 

- Qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng, yurtboshimiz sizlarga Malibu avtomobilini sovg'a qildi. Bundan xursand bo'lgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta, juda ham xursand bo'ldik. Bunday sovg'a uchun yurtboshimizga katta rahmat aytamiz. Bizni shu darajada kutib olishdiki, etti uxlab tushimizga ham kirmagandi. Buning uchun barchaga rahmat aytaman. Bizga ishonganlarning ishonchlarini oqlaganimizdan xursandmiz. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика