Superliga. "Mashal" - "Dinamo" 0:3(matnli translyatsiya)

Iskandarov Abdulaziz
31 okt 2026, 16:13
Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Dinamo" uchrashuvi boshlanmoqda.

“Mashal” – “Dinamo” 0:3 LIVE

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Sardor Umirzoqov, Shohnur Yo'ldoshev

Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov

VAR: Umidjon Rahimjonov

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gol: Jahongirbek Abdusalomov (Anvar Hojimirzaev) 16, 0:1, Anvar Hojimirzaev 50, 0:2, Firdavs Abdurahmonov 61, 0:3

“Mashal”: 73. Vladislav Rusanov, 2. Zafarbek Akramov, 5. Komil Tojiddinov, 8. Sardor Abduraimov ( 72. Normurod Ko'charov, 69), 9. Ibrohim G'anixonov, 22. Muhammadbobir Mo'ydinov, 24. Ifeani Ifeani ( 88. Ahrorbek Rahimov,69), 38. Sunnatulla Yarashev, 67. Og'abek Abdirahimov, 76. Firdavs Jovliev (7. Vlatko Stoyanovskiy,69), 99. Boburjon Asqarov

Zaxira:
25.Samandarbek Jo'rabekov, 4. Straxinya Boshnyak, 19. Toxir To'xtasinov, 28. Ergash Ismoilov, 40. Ruxiddin Xolmatov,87. Muhammadali Boymurodov,

“Dinamo”: 1. Edem Nemanov, 3. Mixail Shtefan, 2. Artyom Radaev, 20. Jaloliddin Jumaboev, 24. Akbar Xudoyberdiev (15. Rasul Yo'ldoshev,57), 4. Nurillo To'xtasinov (79. Edem Seytvaliev,57) 16. Amadu Dumbuya, 30. Xaris Xaydarevich, 10. Anvarjon Hojimirzaev (25. Oybek O'rmonjonov,79), Jahongirbek Abdusalomov (37. Firdavs Abdurahmonov, 57), 8. Azizbek Amonov

Zaxira: 13. Ravshanbek Yagudin, 44. Abdug'afur Haydarov, 18. Raul Jeparov, , 22. Ulug'bek Abdullaev, 26. Marko Stanoevich,

Ogohlantirish: Nurillo To'xtasinov (“Dinamo”) 40, Bobur Asqarov (“Mashal”) 49, Jahongir Abdusalomov (“Dinamo”) 54, Muhammadbobur Mo'ydinov (“Mashal”) 67, Jaloliddin Jumaboev (“Dinamo”) 72

79. O'ZGARISH. Anvar Hojimirzaev o'rniga Oybek O'rmonjonov tushdi.

72. “Dinamo”dan Jaloliddin Jumaboevga sariq kartochka ko'rsatildi.

69. O'ZGARISH. “Mashal”, Ifeani Ifeani o'rniga Ahrorbek Rahimov, Firdavs Jovliev o'rniga Vlatko Stoyanovski,, Sardor Abduraimov o'rniga Normurod Kucharov tushdi.

67. “Mashal” safida Muhammadbobur Mo'ydinovga sariq kartochka ko'rsatildi.

61. GOL. Zaxiradan maydonga tushgan Firdavs Abdurahmonov tablodagi hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi

57. O'ZGARISH. “Dinamo”, Jahongir Abdusalomov o'rniga Firdavs Abdurahmonov, Akbar Xudoyberdiev o'rniga Rasul Yo'ldoshev, Nurillo To'xtasinov o'rniga Edem Seytvaliev tushdi.

54. OGOHLANTIRISH. Jahongir Abdusalomov, “Dinamo”

50. GOL. Anvar Hojimirzaev 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo'lladi, 0:2

49. PENALTI. Bobirjon Asqarov Anvar Hojimirzaevni jarima maydonchasi ichida yiqitdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. Nurillo To'xtasinovning zarbasini Rusanov qo'lidan chiqarib yubordi, qaytgan to'pni Xudoyberdiev darvozaga kirita olmadi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Hojimirzaev yiqitildi, penalti yo'q, o'yin davom etadi.

42. Anvar Hojimirzaev raqibdan qochib kyetib zarba poziciyaga chiqib bordi va Dumbuyaga uzatdi. Dumbuya kech qoldi.

40. OGOHLANTIRISH. Nurillo To'xtasinov katta tezlikda oldinga ketayotgan Ibrohim G'anixonovga qo'pollik ishlatdi.

34. Xavfli. Dumbuyaning uzatmasini Abdirahimov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, avtogol ko'rishimiz mumkin edi.

29. “Dinamo” o'yinni nazorat qilyapti. Lekin hujumlar keskin ko'rinish olayotgani yo'q.

20. O'yindan tashqari hosil qilishda o'zgacha uslub qo'llanildi. “Dinamo” futbolchilari tomonidan.

16. GOL. Jahongir Abdusalomov “Dinamo”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Unga Hojimirzaev juda qulay qilib to'pni uzatib bergan edi, 0:1.

12. “Mashal” mehmonlar darvozasi oldida keskinlik yaratdi. Yarashev vaziyatdan foydalana olmadi, boz ustiga Nemanov ham yaxshi harakat qildi.

7. Hakam “Dinamo” futbolchisi Jaloliddin Jumaboevga og'zaki ogohlantirish berdi.

4. To'p nazorati Abramov shogirdlarida.

O'yinga start berildi.

-Jamoalar maydonga chiqib keldi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia