Rafinya: "Uchrashuvda mag'lub bo'lishni istamaymiz, o'z maydonimizda "Barselona" darvozasini ishg'ol etamiz"
11 may 2015 17:43
Yangiliklar


Rafinya: "Uchrashuvda mag'lub bo'lishni istamaymiz, o'z maydonimizda "Barselona" darvozasini ishg'ol etamiz"
"Bavariya" himoyachisi Rafinya "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bu uchrashuvda mag'lub bo'lishni istamaymiz. Jamoa sabrsizlik bilan o'yinni ko'tyapti va ertaga gol urishimizga ishonaman. Ushbu bahs taqdiri mayda detallarga bog'liq.
Leo Messi qanchalik kuchli ekanligini barcha biladi. Bu darajadagi futbolchilar bir o'zi o'yin taqdirini hal qila oladi. Ammo "Barselona" faqat Messi degani emas. Kataloniya klubida boshqa yuqori saviyada to'p tepadigan futbolchilar bor. Ulardan biri Luis Suares.
0:3 hisobida mag'lub bo'lamiz deb o'ylamagan edim. Ammo oldimizda yana bir uchrashuv bor. Biz o'z uyimizda raqib darvozasini nishonga ola bilamiz" - deydi Rafinya.

Fikrlar