So’nggi yangiliklar

13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  9

Quvondiq Ro'ziev: "Bundan keyin safar yoki uy degan narsani unutib faqat g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: "Bundan keyin safar yoki uy degan narsani unutib faqat g'alaba uchun o'ynaymiz"

Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi uchrashuvda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining qo'li baland keldi.

Mazkur bellashuvdan so'ng qo'qonliklarning etakchi futbolchisi, shu kuni maydonda katta hajmdagi ishni bajargan Quvondiq Ro'zievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Lokomotiv" bilan o'yin biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Boisi 3ta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotgan edik. Agarda turnir jadvalida yuqori o'rinlarga ko'tarilib olishni istasak bu jamoani mag'lub etishimiz talab etilardi. Murabbiylarimiz bizga aniq ko'rsatmalarni berishdi, oxirigacha kurashish kerakligini takidlashdi. Birinchi bo'limda ko'proq to'pni nazorat qildik, ikkinchi bo'limda tezkor hujumchilarimiz o'yinni kuchaytirishga erishdi. Bu reja ish berdi deb o'ylayman.

Markazlashgan holatda o'tayotgan chempionatga moslashish qiyi bo'lmoqda demagan bo'lardim. Sababi vaziyat shuni taqozo etmoqda. Qo'qonda to'p tepish o'ziga yarasha zavqli va maroqli hisoblanadi. Xudo xohlasa muxlislarga to'la maydonda uy uchrashuvlarimizni o'tkazamiz. Bu kunlarga yaqin qoldi. Biz ham jonkuyar muxlislarimizni sog'indik. Safarda g'alaba qozonish albatta yoqimli, bundan keyin safar yoki uy degan narsani unutib faqat g'alaba uchun maydonga tushishimiz kerak.

Hozirgi holatim yaxshi, tahminan 20 kunga yaqin davolanish jarayonini boshimdan o'tkazdim. SHu sababli biroz qiynaldim. Koronavirusdan kasallanganlarni dardiga yaratgandan shifo berishini tilab qolaman",- deydi Quvondiq Ro'ziev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика