So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  0 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  12 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  8 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Rang-barang formalar va maydon. “Qizilqum” – “Andijon” o'yini haqida Yangiliklar

Rang-barang formalar va maydon. “Qizilqum” – “Andijon” o'yini haqida

Teglar :  Qizilqum Andijon
9 mart kuni start olgan O'zbekiston Superligasining 1-turi yakunlanishga ham ulgurdi.

Turning so'nggi uchrashuvi Navoiyda “Qizilqum” – “Andijon” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Qiziqarli kechga uchrashuvda navoiyliklar penaltidan urilgan gol evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. 


O'yin boshidagi fokus-mokus: 




Etiborga molik jihat: yangi formalar


O'yin haqida gapirishdan avval unga bog'liq jihatlarni ham aytib ketamiz. Har ikki jamoa ham yangi mavsum oldidan o'z sport formalarini yangilagan. Ayniqsa, “Andijon” jamoasi nafaqat sport formasi, balki klub logotipi-yu, stadionning nomigacha o'zgartirdi. Avvallari havorang logotip va forma bilan yodimda qolib ketgan jamoani bugun qizil-ko'k aralash formada ko'rdim. “Qizilqum”ning formasi menga negadir bir vaqtlar “Bunyodkor” jamoasi kiygan safar liboslarini esga soldi. Xotiram pand bermayotgan bo'lsa futbolchilarning ismi, raqamining yozilish rangi va shrift ham bir xil.



1-turning hayajonsiz 1-bo'limi haqida


Ushbu uchrashuvni 1-turning so'nggi o'yini deya atadik. SHu kungacha bo'lgan o'yinlardan so'ng futbolchilar ham, murabbiylar ham o'z intervyularida bu hali dastlabki o'yinligini, shu bois ularda biroz bo'lsa-da hayajon bo'lganligini aytib o'tishdi. Ammo mazkur bahsda bunday hayajonni shaxsan o'zim sezmadim. Jamoalar dadil harakat qilishdi. Hujumkorlik bilan boshlangan o'yin, keyinchalik ikki jamoaning navbatma-navbat hujumga o'tishi hamda tartibli o'yini bilan yodda qoldi. Lekin bir jihat bor: o'yinda qo'polliklar ko'p bo'ldi. SHu bilan bir qatorda sariq kartochkalar ham. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol ham aynan o'yindagi qo'pollik ortidan yuzaga keldi. “Qizilqum” futbolchisi Jamshid Hasanov raqib himoyachilaridan ham o'tib ketib oldinga bordi, biroq uni raqib posboni Nizomiddin Zivutdinov yiqitdi. Natijada yuzaga kelgan penaltidan Oybek Qilichev unumli foydalandi va hisobni ochdi. Goldan so'ng navoiyliklarga qaraganda mehmonlar ko'proq oldinga borishni boshlashdi. Ayniqsa, Doniyor Ismoilov bir necha bor oldinga yurish qilib, uzoq masofalardan zarbalar berdi. Ammo hech biri golga aylanish uyoqda tursin, darvozabonni ham bezovta qilmadi. 38-daqiqada Jasur Jaloliddinov ham zarba berdi, lekin u ham noaniq. Bo'lim so'nggiga qadar aytarli xavfli hujum ko'rmadik.



Ikkinchi taym

11 mart kuni kunduzi Andijon tomonlardan xabar chiqdi. "Bobur arena" o'yingohida jamoamiz yuksalishi va rivoji uchun qilinayotgan ishlarning har biri xayrli bo'lishligini va jamoamizning mavsumdagi ko'rsatkichlari yaxshi bo'lishligini niyat qilgan holda Quron tilovat qilinib, qo'y so'yildi va ehson qilinibdi. Albatta, bu viloyat bosh jamoasining o'yinlari yaxshi bo'lishi uchun qilindi. 2-bo'limda haqiqatan ham jamoa yaxshi o'ynadi. Hujumlarda faol harakat qildi. Biroq ularning bir kamchiligi yarim himoyachi va hujumchi o'rtasida yaxshi ko'prik qo'ya olishmagani bo'ldi. O'sha kuni “Qizilqum” himoyasi ham zo'r o'ynadi, shu sabab mehmonlarni o'tkazishmadi, deb bo'lmaydi. Hatto bir vaziyatda Martin Boaki Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, lekin darvozabon bu vaziyatda o'zining tajribasini ko'rsatdi. Qisqasi, aniq zarba bo'lganida hisob tenglashishi ham mumkin edi. 2-bo'limda “Qizilqum” asosan qarshi hujumda o'ynadi. Mate Vatsadze bir nechta vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. O'yindagi natija ikki tomon uchun ham og'ib ketishi mumkin edi, agar vaziyatlardan unumli foydalana olishganida.




Maydon holati

Navoiydagi stadionning maydoni holatini faqat rasmlar orqali ifoda etishga qaror qildik: 



Murabbiylar fikri: 

Hamidjon Aktamov: "Futbol shunisi bilan qiziq"         

Otabek G'ulomxo'jaev: "Meksikalik futbolchi???"        



Keyingi tur oldidan


2-tur 14 mart kuni start oladi. “Qizilqum” jamoasi bu turda “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi. Qo'qonliklar hisobida ham 3 ochko mavjud. Ushbu bahs chindan qiziqarli kechishi aniq. Buning ustiga o'yin Qo'qonda bo'lib o'tadi va bu jamoa uchun mavsumdagi ilk uy uchrashuvi.

“Andijon” esa o'z uyida “Surxon”ni qabul qiladi. “Qizilqum” – “Andijon” bahsidan avval yakuniga etgan “Surxon” – “Metallurg” o'yinida mezbonlar 3 ochkoni qo'lga kiritishgan edi. Kelasi turda esa o'z maydonida ushbu mavsumdagi birinchi o'yinini o'tkazadigan jamoa 1-turda g'alabaga erishgan klub bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.


Qizilqum

Oybek Qilichev - 31'

Superliga. 1-tur

11/03/2021, 18:30

0
:
1
Tugadi

Andijon

45'
90'
23'  Sherali Jo’rayev
31'  Oybek Qilichev
32'  Jasur Azimov
55'  Jasur Azimov (ZHahongir Ergashev)
78'  Jamshid Hasanov (Behruz Sadilloyev)
87'  Oybek Qilichev (Mirjalol Qosimov)
46'  Muhammad Isaev (Diyor Rahimqulov)
48'  Diyor Rahimqulov
63'  Edgar Bernxardt (Doniyor Abdumannopov)
74'  Kamron Saidazimov (Farhod Sohibjonov)



O'zbekiston Superligasi o'yinlari haqida tahlillar, intervyular va matnli translyaciyalarni “Championat.asia”da kuzatib boring!



Og'abek Samisov

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика