Qozog'iston. "Ordabasi" safarda "SHaxtyor"ni yirik hisobda taslim qildi. Abdixoliqovdan golli uzatma, Umarovdan gol
09 mar 2023 14:55
Yangiliklar


Qozog'iston. "Ordabasi" safarda "SHaxtyor"ni yirik hisobda taslim qildi. Abdixoliqovdan golli uzatma, Umarovdan gol
"Ordabasi" safida o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushdi, yarim himoyachi SHahboz Umarov esa zaxirada qoldirildi.
Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Suyumbaev tomonidan ochildi - 0:1. Bu vaziyatda Abdixoliqov-Islamxan-Suyumbaev kombinaciyasidan keyin gol bo'ldi.
59-daqiqada Bobir Abdixoliqovning to'p uzatishidan keyin Asxat Tagribergen gol urdi - 0:2.
67-daqiqada burchak to'pidan keyin Mbodji gol urdi - 0:3.
71-daqiqada "SHaxtyor" vakili Aydos Tattibaev hisobni qisqartirdi - 1:3.
81-daqiqada o'zbekistonlik yarim himoyachi SHahboz Umarov o'zi ishlagan penaltidan gol urdi - 1:4.
Qozog'iston premer-ligasi, 2-tur
"SHaxtyor" - "Ordabasi" 1:4
Gollar: Gafurjan Suyumbaev 3, - 0:1. (Bauirjan Islamxan). Asxat Tagribergen 59, - 0:2 (Bobir Abdixoliqov). Mamadu Mbodji 67, - 0:3. Aydos Tattibaev 71, - 1:3. SHahboz Umarov 81 penalti, - 1:4.
"SHaxtyor": Igor SHackiy – Bogdan Savkiv, Anton Tolordava, Stefan Bukorac, Egor Alishauskas – Yuriy Percux, Rodjer Kanyas, Ruslan Tutkishev – Georgiy Zaxarenko, Maksim Galkin, Roman Murtazaev;
Zaxira: Egor Cuprikov, Danila Karpikov – Viktor Dmitrenko, Francisko Kampo, Ualixan Muxametjanov, Konstantin Gorizanov – Almas Tyulyubay, Abilayxan Nazimxanov – SHingis Flyuk, Ivan Sviridov, Timur CHogadze, Aydos Tattibaev.
Bosh murabbiy: Igor Soloshenko.
"Ordabasi": Bekxan SHayzada – Gafurjan Suyumbaev (Aybar Jaksilikov, 84), Radosav Petrovich, Temirlan Erlanov, Mamadu Mbodji, Auro Junior – Asxat Tagibergen (Vladislav Vasilev, 84), Bernardo Matich – Bauirjan Islamxan (Elxan Astanov, 69), Maksim Fedin (SHahboz Umarov, 62), Bobir Abdixoliqov (Vsevolod Sadovskiy, 63).
Zaxira: Muxammedjan Seysen – Akmal Baxtiyarov – Erkebulan Tungishbaev, Murodjon Xalmatov, – .
Bosh murabbiy: Aleksandr Sednyov.
Shakhter Karagandy Aidos Tattybayev - 71' |
Premier League . 2-tur 09/03/2023, 13:00 4
:
1
Tugadi
|
Ordabasy Shymkent Gafurzhan Suyumbayev - 3', Askhat Tagybergen - 59', Mamadou Mbodj - 67', Shakhboz Umarov - 79' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar