Qozog'iston Kubogi. "Tobol" irodali g'alabaga erishdi, Sergeev gol urdi
08 avg 2021 20:37
Yangiliklar
Qozog'iston Kubogi. "Tobol" irodali g'alabaga erishdi, Sergeev gol urdi
Quvonarlisi, ushbu o'yinning 69-daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev raqib darvozasini ishg'ol etdi.
"Tobol" – "Taraz" 2:1
Gollar: Igor Sergeev 69', Sultan Abilgazi 90+2' – Bauirjan Baytana 44'
"Tobol": Sultan Busurmanov, Sultan Abilgazi, Roman Asrankulov, Ruslan Valiullin, Aleksandr Marochkin, Samat Jarinbetov, Dushan Yovanchich, Igor Sergeev, Jeremi Manzorro, Azat Nurgaliev, Daniyar Semchenkov
"Taraz": Muhummadjon Seysen, Berik Aytbaev, Maksat Amirxanov, Eldos Axmetov, Berik SHaixov, Kojo Kasse Alfons, Bauirjan Baytana, Arman Nusip, Arman Nusip, Marat SHaxmetov, Urosh Nenadovich
Ayni paytda "Tobol" "B" guruhida 9 ochko jamg'arib, "Taraz" bilan ochkolarini tenglashtirib oldi, ammo kostanayliklar qo'shicha ko'rchatkichlarga ko'ra etakiga aylanishdi. Guruhda pley-offga chiqish uchun birinchi liganing "Maxtaaral" jamoasi (8 ochko) ham kurashmoqda. "Atirau" esa 2 ochko bilan so'nggi pog'onaga joylashgan.
Aytish joiz, turnir yangi formatda o'tkazilmoqda. Unga ko'ra 2 davra (6 tur)dan keyin 1/4 finaldan olimpiya tizimi ishga tushadi, yani yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Guruh bosqichi 10 iyuldan start oldi. Final 28 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar