Qozog'iston chempionati koronavirus tufayli yana pauza oldi
04 iyu 2020 15:44
Yangiliklar
Qozog'iston chempionati koronavirus tufayli yana pauza oldi
Qozog'iston ligasi mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli 14 kunlik karantin joriy etilganidan so'ng yana to'xtatildi.
Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Qozog'iston chempionati 3,5 oy davom etgan pauzadan so'ng chorshanba kuni restart olgan edi.
5ta o'yin muxlislarsiz o'tkazildi. "Tobol" va "Kaspiy" jamoalari klubda ko'plab koronavirus holatlari aniqlanganligi sabab deyarli o'rinbosarlar jamoasi bilan harakat qilishdi.
Avvalroq Qozog'iston chempionati 7 noyabr kuni yakunlanishi rejalashtirilayotgan edi, ammo bu muddat yana ortga surilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
Fikrlar