Qoyil! Ronaldu bir yilda "Instagram"da "Yuventus"da oladigan maoshidan ko'p pul topdi
19 okt 2019 11:15
Yangiliklar


Qoyil! Ronaldu bir yilda "Instagram"da "Yuventus"da oladigan maoshidan ko'p pul topdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi yil "Instagram"da klubdagi maoshidan ham ko'p pul ishlab topdi.
Portugaliyalik o'yinchi ijtimoiy tarmoqdagi reklamadan 47,8 million dollar daromad qildi, "Yuventus"dan esa 34 million ishlab topdi.
Ronalduning bitta posti o'rtacha 975 ming dollar turadi. Uning "Instagram"dagi obunachilari soni 168 million odamni tashkil etadi.
Krishtianu bu boradagi daromadlari jihatdan Lionel Messi (23,3 million) va Devid Bekxem (10,7 million)dan ustundir.
Futbolchi o'z brendlaridan tashqari Clear Haircare, Nike Football va Six Pad Europe mahsulotlarini ham reklama qiladi.
Ronaldu instagramdagi reklama orqali Messidan ikki karra ko'proq pul ishlab topdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar