So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

“Qoraqalpoq Messisi”: Birinchi maoshi, 10 million so'mga sotilgani va boshqalar (intervyu) Yangiliklar

“Qoraqalpoq Messisi”: Birinchi maoshi, 10 million so'mga sotilgani va boshqalar (intervyu)

“Qoraqalpoq Messisi” laqabini olgan Azamat Ilyasov yaqinda Nukus pedagogika instituti jamoasi bilan Qoraqalpog'iston kubogini qo'lga kiritdi.

Biz shundan so'ng futbolchi bilan suhbatlashdik. Quyida Ilyasov bilan bo'lgan suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Qoraqalpog'iston kubogi musobaqasi qanday o'tdi?
- O'yinlar ancha murosasiz kechdi. Finalda ancha qiynaldik. Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi ham ancha kuchli ekan. Navro'z Alimovning “dubl”i evaziga g'olib chiqib sovringa ega chiqdik.

- Ortda qolgan mavsum qanday kechdi?
- Birinchi davrani “Orol”da o'tkazdim. Biroq ikkinchi davrada deyarli maydonga tushmadim. Jarohatlar ham ko'p hollarda pand berib qo'ydi.


- 2013 yili “Neftchi”ga o'tgan edingiz. Biroq keyin nimadir bo'ldi…
- Toshkentda “Orol”ning “Obod”ga qarshi o'yinida farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov bizni o'yinimizni tomosha qilgan ekan. SHundan so'ng Murod aka meni o'z jamoasiga taklif etdi. O'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdim. O'yinim murabbiylarga yoqqanidan so'ng, jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzoladim. Birinchi mavsumda to'p surdim. Ikkinchi mavsumning yarmida oilaviy muammolarim chiqib qolgani uchun Farg'onaga bormadim. Keyin meni “Xorazm”ga ijaraga berib yuborishdi.

- O'sha paytlrada “Neftchi” sizni 10 million so'mga sotib olgan deb eshitgandik. Bu qanchalik haqiqat?
- Farg'onaliklar “Orol”ga 10 million so'm o'tkazib berishdi.

- “Xorazm”da nega qolmadingiz?
- Jamoa meni olib qolmoqchi edi. Biroq o'qishim bois bu jamoada qola olmadim.

- Keyin nima bo'ldi?
- “Neftchi” bilan yana bir yillik shartnomam bor edi. Keyin “Orol”ga ijaraga berishdi. SHundan so'ng shu erda o'ynayapman. Bu yil ham Birinchi liga klublaridan taklif bo'ldi. Biroq Nukus davlat pedagogika institutida tahsil olayotganim bois, Nukusdan ketishim qiyin bo'ldi.

- Nima uchun sizni “Messi” deb atay boshlashdi?
- Buni muxlislar o'ylab topishdi. Tashqi ko'rinishim va o'yinim balki Messiga o'xshab ketar.


- Demak, o'zingiz ham Messining muxlisiz?
- Yo'q, menga “CHelsi” yarim himoyachisi Eden Azarning o'yinlari yoqadi. U maydonda haqiqiy pleymeker hisoblanadi. Klublardan “aristokratlar”ning muxlisiman.

- Keyingi mavsumga rejalar qanday?
- Hozir “Orol”da tatil berishdi. Xudo xohlasa mashg'ulotlarda yaxshi ter to'kib, Oliy liga jamoalariga ketishni maqsad qilganman.

- “Orol”da maoshlar vaqtida berildimi?
- Birinchi davrada oyliklar vaqtida berildi. Ikkinchi davrada qanday bo'lganini bilmayman. CHunki jamoa bilan birga bo'lmadim.

- “Orol” uyda yaxshi o'ynaydi, biroq safarda buning aksi. Bung anima sabab bo'lmoqda?
- Bu mavsumda safardagi o'yinlarda deyarli ishtirok etmadim. SHu bois biror narsa deyishim qiyin. O'tgan mavsumda esa biroz qiyinchiliklar bo'ldi. O'yinlarga taksida, poezdda etib borardik va jismoniy tayyorgarligimi ham yaxshi holatda bo'lmagan.

- Faoliyatingizdagi eng yaxshi o'yin qaysi bo'ldi deb o'ylaysiz?
- 2013 yili Nukusda “Andijon”ga qarshi kechgan bahs faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'ldi deb hisoblayman.

- Qaysi gol esingizdan chiqmaydi?
- G'uzorda “SHo'rtan”ga qarshi o'yinda urgan golim esimdan chiqmaydi. SHuningdek “Universiada” o'yinlarida Buxoroga urgan golim ham har hech qachon yodidmdan chiqmasa kerak.

- Birinchi va eng ko'p maoshingiz qancha edi?
- Adashmasam 2010 yili “Orol”da 250-300 ming so'm oylik olganman. “Neftchi”dagi ilk maoshim 600 ming so'm bo'lgan. Bir oyda olgan eng katta maoshim esa 2,5 million so'm bo'lgan edi. Hozir esa “Orol”da 500-600 ming so'm oylik olamiz.

- “Orol”ning sobiq va hozirgi murabbiylari Qutibaev va Turdievning farqi nimada?
- Nematulla aka ancha tajribali mutaxassis. Ularning mashg'ulotlari qiyin va qiziqarli kechar edi. Temur aka ham yaxshi va kelajagi porloq murabbiy deb hisoblayman.


- Bir paytlar yoshlar terma jamoasiga ham chaqirishgan edi?
- Ha 1995 yilda tug'ilganlar jamoasiga chaqirilgan edim. 5-6 marta mashg'ulotlarda ishtirok etdim. O'yinim murabbiylarga ham maqul bo'layotgan edi. Biroq jarohat oldim, keyinchalik gripp bo'lib yana maydonga tusha olmadim. SHundan so'ng termadagi o'yinlarim uzoqqa cho'zilmadi.

- Oxirgi paytlarda o'yininggizda pasayish bo'layotganini tan olasizmi?
- “Xorazm”dan Nukusga kelganimdan so'ng o'yinimda pasayish yuz berdi. jamoaning asosiy tarkibida maydonga kam tushdim. Balki murabbiylarning ishonchini oqlay olmagan bo'lsam kerak. Biroq kelasi mavsumda bor kuchim bilan harakat qilib, yana oldingi formamni tiklab olishni istayman. Keyingi mavsumda Oliy liganing biror jamoasiga o'tish hozirgi asosiy maqsadim hisoblanadi.

- Maydonda o'zingizga eng yaxshi sherik deb kimni bilasiz?
- “Orol”da Miras Karlibaev bilan tez til topshib ketaman. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz.

- “Orol”da qaysi chiziq kuchsiz?
- Ikkinchi davrada barcha chiziqlar kuchaydi. Biroq mavsumning birinchi qismida yarim himoya biroz kuchsiz edi.

- Qaysi himoyachiga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?
- “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuvda bir himoyachi bor edi, ismi esimdan chiqib ketdi. O'shanga qarshi o'ynash judayam qiyin bo'lgan edi.

- Kimga gol urishni orzu qilasiz?
- Ko'pchilik futbolchilar cingari Ignatiy Nesterovga.

- Oliy ligada 12 jamoa qolishi haqida fikringiz qanday?
- Oliy ligada futbolchilar o'rtasida raqobat kuchli bo'ladi. Biroq Birinchi liga ancha kuchayadi, bu erda ham raqobat, saviya ortadi. Bu qarordan menimcha quyi liga jamoalari xursand bo'lishgan bo'lsa kerak.

Azamatni har qancha gapirtirishga harakat qilmaylik u savollarga qisqa va lo'nda javob berishni lozim topdi.


Furqat Yusupov suhbatlashdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика