“Orol”dagi eng yaxshi, xazilkash, jiddiy va aqlli futbolchilar kimlar?

Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 23:00
Nukusning “Orol” jamoasi futbolchisi Azamat Ilyasov bilan yakunlangan mavsumda “Orol”ning eng yaxshi futbolchilari va jamoadagi eng jiddiy, xazilkash futbolchilar haqida suhbatlashdik.

- Bugungi kunda qoraqalpog'istonlik futbolchilar orasida eng kuchlisi kim deb o'yalysiz?
- Shak-shubhasiz Salamat Qutibaev.

- Yakunlangan mavsumda “Orol”ning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?
- Islam Seytnazarov bo'ldi menimcha.

- Azamat Allaniyazov va Navro'z Alimov. Qaysi biri kuchli?
- Buni ayta olmayman. Ikkalasiyam bosh bilan yaxshi o'ynashadi, o'yinlari deyarli o'xshash.

- Bu mavsumda “Orol”da eng yaxshi himoyachi kim bo'ldi?
- Birinchi davrada Islom Seytnazarov, ikkinchisida Rasul Musaev bo'ldi.

- “Orol”da mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi kim bo'ldi?
- Shariyar Jumabekov bo'ldi.

- “Orol”da mavsumning eng yaxshi hujumchisi kim?
- Bu borada shubhasiz Rinat Shilmanov.

- Jamoadagi eng xazilkash futbolchi kim?
- Miras Karlibaev.

- Eng jiddiy futbolchi kim?
- Shariyar Jumabekov.

- Eng aqlli futbolchi kim?
- Islam Seytnazarov.


Furqat Yusupov suhbatlashdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia