So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Qo'qondagi “markaziy” stadionida katta hajmdagi ishlar amalga oshiriladi Yangiliklar

Qo'qondagi “markaziy” stadionida katta hajmdagi ishlar amalga oshiriladi

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlikni maqsad qilgan “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati Qo'qondagi “markaziy” stadionini yangi mavsumga ideal tarzda tayyorlash uchun astoydil bel bog'laganlar.

Avval xabar berganimizdek birinchi navbatda stadion yoritgichlarini yangilash uchun xorijiy kompaniyaga 100 foiz to'lovlar amalga oshirilgan bo'lib, endi ularni Qo'qonga etib kelishi hamda “markaziy” stadion machtalariga o'rnatish ishlari qolgan. Kecha CHexiya davlatidan yoritgichlarning navbatdagi qismlari Qo'qonga etib keldi. Bu safar yoritgichlarning lampa, drossel hamda boshqa ehtiyot qismlari kelgan. Endi biz navbatdagi partiyani kutamiz va bu borada hamkorlar bilan aloqada bo'lib turibmiz. 

Stadionimiz chimini futbol o'ynash uchun ideal holatga keltirish jamoa rahbariyatining navbatdagi rejasi bo'lib, bu borada ham amaliy ishlar boshlanib ketdi. “Markaziy” stadioniga O'zPFL bilan hamkorlikda yurtimizdagi ko'plab stadionlarni, jumladan Qarshidagi  “markaziy”, Buxorodagi “Buxoro”, Toshkentdagi “Bunyodkor”, Farg'onadagi “Istiqlol”  kabi stadionlarning maydonlarini ajoyib ko'rinishga kelishiga sababchi bo'lgan mutaxassis Uchqunbek Quvonov boshchiligidagi maydon ustalarining vakili bo'lgan mutaxassis Begzodjon Hamdamov Qo'qonga kelgan edi. Mutaxassis “markaziy” stadion chimini ko'zdan kechirib,  amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarni belgilab berdi. Maydon chimining holatini ko'zdan kechirgan mutaxassis chimning holatiga yaxshi baho berdi. Bundan bu yog'iga maydon chimini  reja asosida parvarishlash va mineral o'g'itlar bilan agrotexnika ishlarini amalga oshirish lozimligi belgilab olindi. Maydon chimini parvarishlash uchun zarur bo'lgan texnikalarni xarid qilish, chimga biokimyoviy o'g'itlar bilan ishlov berish masalalari ham muhokama qilinib, mutaxassislar tomonida tegishli ko'rsatmalar berildi. 

Ayni kunlarda “markaziy” stadion chimini yaxshilash borasida ishlar boshlanib ketgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика