So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

“Qo'qon shahar xokimi kubogi” uchun o'tkazilgan turnir yakunlandi Yangiliklar

“Qo'qon shahar xokimi kubogi” uchun o'tkazilgan turnir yakunlandi

Teglar :  Bolalar futboli
Qo'qon shahrida bolalar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan “Qo'qon shahar xokimi kubogi” halqaro turniri bugun o'z yakuniga etdi.

Qo'qondagi stadionlarda musobqaning final o'yinlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan o'yinlardan so'ng musobaqada g'oliblar aniqlandi. 

2007-2008  o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada “Ahmadxon” futbol klubi g'olib bo'ldi. 

2009 yillar musobaqasida esa g'oliblik  “Andijon” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga nasib qildi. 

2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida esa Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchilari tengsiz bo'lishdi. 

2011-2012 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqa festival shaklida bo'lib o'tdi va unda ishtirok etgan barcha jamoalar taqdirlanishdi. 

Bugun  Qo'qondagi “Ahmadxon sport majmuasi”da musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Qo'qon shahar xokimi Marufjon Usmonov, Farg'ona viloyat futbol assosaciyasining birinchi vice-preziednti Nosirbek Otaqo'ziev, “Qo'qon-1912” futbol klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov , O'FAning bolalar futboli bo'yicha  mutaxassisi Grigoriy Ayrapetyan  hamda “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiy hamda futbolchilari ishtirok etishdi.

Marosimda so'z olgan Qo'qon shahar xokimi Marufjon Usmonov yig'ilganlarni  yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan qizg'in tabriklab, barcha musobaqa ishtirokchilariga samimiy minnatdorchilik izhor qildi.  

-Bunday turnirlar orqali yoshlarimiz tobora chiniqib katta halqaro musobaqalarga tayyorlanib boradilar. Muhtaram yurtboshimizning sportga , xususan futbol bo'lgan etiborlari tufayli yurtimizda futbol o'yini tobora ommalashib bormoqda. Bu musobaqada ishtirok etgan bolajonlarimiz orasidan kelgusida “Qo'qon-1912” jamoamiz sharafini, shuningdek O'zbekiston terma  jamoalari sharafini munosib himoya qiladigan futbolchilar etishib chiqishiga umid qilaman va ishonaman – dedi jumladan M Usmonov. 

SHundan so'ng turnir ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlarga mukofotlarni shahar xokimi  Marufjon Usmonov, Baxtiyorjon Tolipov , Nosir Otaqo'ziev , Grigoriy Ayrapetyan hamda “Qo'qon-1912” jamoasining taniqli futbolchilari topshirishdi. Turnirda ishtirok etgan deyarli barcha jamoalar turli esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandilar. SHu o'rinda tashkilotchilar tomonidan musobaqaning o'tkazish davomida o'zlarining beg'araz yordamlarini ko'rsatgan “Imkon” savdo belgisi, “Osiyo kolbasalari” korxonasi hamda “Turon  cement” kompaniyalariga minnatdorchilik bildiramiz . Bu turnirda ishtirok etgan barcha bolajonlar Qo'qondan bir olam taassurotlar bilan uylariga qaytishdi.   



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика