So’nggi yangiliklar

00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  1 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum”. Prevyu Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum”. Prevyu

Superliga 13-tur doirasida “Qo'qon-1912” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilishadi.

Quyida mazkur jamoalarning o'zaro o'yiniga doir statistik malumotlar bilan tanishing. 


14-uchrashuv
Bugunga qadar bu jamoalar Oliy liga doirasida 13 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning sakkiztasida navoiyliklarning qo'li baland kelgan. To'rtta uchrashuvda qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 28-14, “Qizilqum” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 25 ochko, “Qo'qon-1912” esa 13 ochko to'plagan.

Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
18.03.2017  «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 1:0
24.04.2016 «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 0:3
25.09.2015 «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 1:0
19.04.2003 «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 1:3
30.11.2002 «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 2:1
02.11.2000 «Qo'qon-1912» – «Qizilqum» 1:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon-1912” o'z maydonida bo'lib o'tgan 5 o'yinning uchtasida g'alaba qozongan.


 
Uchrashuv hakamlari
Mazkur uchrashuvni yosh hakamlardan biri – A. SHukurullaev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Aytish joizki, “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” o'yinida qanot hakami almashgan. Qanot hakamlari R. Serazetdinov va A. Usmonov 28 may kuni Valentin Kovalenko boshchiligida Turkiya – Eron milliy terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yiniga taklif etilgan. SHu bois, PFL Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi bu hakamlar o'rniga boshqalarni tayinladi. Yani, R. Serazetdinov o'rniga S. Ulfatov, A. Usmonov o'rniga A. Capenko.

SHuningdek, ikki nafar nazoratchilar ham joylarini almashgan. “Neftchi” – “So'g'diyona” o'yinida nazoratchilik qilishga tayinlangan F. Abdullaev “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi nazortchisi A. Arutyunov bilan o'rin almashishdi. Sababi, “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” bahsini yosh, istedodli hakam A. SHukurullaev boshqaradi. Bu hakamimiz esa FIFAga tavsiya etilmoqda. Buning uchun FIFA yo'riqchisi hisoblangan F. Abdullaev uning xatti-harakatlarini kuzatish, zarurat tug'ilganda tavsiyalar berish topshirig'ini olgan.  
 
Superliga
13-tur
 “Qo'qon-1912” - “Qizilqum”
Hakamlar: 
A. SHukurullaev, S. Ulfatov, A. Capenko, R. Karimov.
Nazoratchi – F. Abdullaev.
Komissar – B. Aripov.  

Boshlanish vaqti
Mazkur uchrashuv 26 may shanba kuni “Markaziy” o'yingohda soat 18:53da boshlanadi. O'rinbosarlar bahsi esa bugun soat 17:00da Uchko'prikdagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика