So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

"Qo'qon-1912" - "Qizilqum". O'yin atrofidagi voqeliklar (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Qizilqum". O'yin atrofidagi voqeliklar (Bekzod Tolibov blogi)

Bugun Qo'qonda katta futbol kuni edi.

O'rtaga Superliga yo'llanmasi tikilgan va bitta o'yindan iborat "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" OCHL bahslari orasida o'zbek futbol jamoatchiligining etiborida bo'ldi. "Qizilqum" Qo'qonga Superliganing 12-pog'onasini egallagan klub sifatida keldi. "Qo'qon-1912" esa Pro-liganing 3-jamoasi sifatida o'tish turniriga yo'llanma olgandi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari bu o'yinda ishtirok etish huquqini Olmaliqda "Mashal"ni mag'lub etishgani ortidan qo'lga kiritishdi.

1912 yilda Qo'qonda ilk bor bor futbol jamoasi tashkil etilgan va shuning nazdidan ham ushbu shaharga "O'zbek futbolining Vatani" sifatida tarif beriladi.

Akramjon Mamadaliev va Mamur Saidqosimov. "Markaziy"da o'yin oldidan suhbatda bo'lib turgan o'zbek futbolining bu ikki vakilini yaxshi taniysiz, biri Qo'qon klubi rahbari, ikkinchisi O'FA mutaxassisi.

Kun davomida "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi qaysi telekanalda efirga ketishini so'raganlar ko'p bo'ldi. Suratda ko'rayotganingizdek, biz MTRKning maxsus ko'chma televizion stanciyasini Qo'qondagi stadionda tasvirga tushirdik.

Kecha OCHLda, bugun Qo'qonda. O'tish o'yinini stadionning o'zidan kuzatib borish uchun kelgan Akromjon Komilov kameramiz obektiviga tushib qoldi.

Futbolga shoshgan ko'yi yo'l-yo'lakay tanovul qilib ketayotgan yosh muxlis surati sizni qiziqtirsa kerak. Masalan, Xitoyda imperatorlar qiyofasi teatr sahnalarida har doim bola ko'rinishida bo'ladi.

Navbatdagi suratda Qo'qon futbolining ashaddiy muxlislari aks etgan. O'ng tomondan birinchidagisi kerak bo'lsa maydonga tushib "Qizilqum" darvozasiga gol urishga shay xolda kelibdi.

Uchrashuvda VAR tizimi faoliyati ham yo'lga qo'yildi va bu juda yaxshi edi.

Video operator stadionga kelgan hammani tasvirga olayotgan ekan. Biz esa u kishining o'zini suratga olib qo'ydik.

Har ikki jamoa kabi O'zPFL ham bu o'yinga jangovor tarkib bilan kelibdi. CHap tomondan birinchisi Bekzod Aripov, uchrashuv komissari.

Mezbonlar o'yin avvalidagi jamoaviy suratda Nartadjiev va Merzlyakovni qo'llab-quvvatlashdi.

Xabaringiz bormi, yoki yo'q, Muhsin Nizomiddinovga "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabida tajribali mutaxassis Bahrom Haydarov yaqindan yordam bermoqda.

Bugun Qo'qondagi ob-havo sovuq bo'lganiga qaramasdan mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'yin haroratida chanqab ham qoldi.

Ko'p sonli bo'lmasa ham bugun "Markaziy"da Navoiydan kelgan muxlislarning xayqiriqlari ham yangrab turdi.

Bu hamkasbimiz o'yin jarayonini "Ayfon"da tasvirga tushirayotgani ko'rib qoldik. Kreativ video chiqqan bo'lsa kerak...

O'rtaga Superliga yo'llanmasi tikilganida, maydonda oson bo'lmaydi. Bu orada Pro-liganing eng yaxshi to'purari ham chanqab qoldi.

Uchrashuv qanday keskin kurashlarga boy o'tgani ushbu suratda ham aks etib turibdi. Vaziyat qahramonlaridan biri hisoblangan Ifeani Ifeani ikkinchi bor O'zbekiston Superligasiga o'tish o'yinida maydonga tushdi.

Qo'qonliklar bosh murabbiyi deyarli butun o'yinni mana shu kabi emociyasida o'tkazdi.

O'yin yakunida stadiondagi tabloda aks etgan hisob. "Qizilqum" Superligadagi o'rnini saqlab qoldi, qo'qonliklar esa elita liga yo'llanmasi uchun yangi mavsumda kurashib ko'rishadi.

Bekzod Tolibov, Dilmurod Isaqov Qo'qondan Championat.asia uchun maxsus

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика