So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

“Qo'qon-1912” jamoasi yangi yil tadbirini o'tkazdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi yangi yil tadbirini o'tkazdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Qo'qon-1912
27 dekabr kuni Qo'qon shahridagi “O'rda” restoranida “Qo'qon-1912” jamoasi 2016 yil yakunlari va yangi yil munosabati bilan bayram tadbirini o'tkazdi.
Tadbirda Qo'qon shahar hokimi Akramjon Anorqulovich Abdullaev, Farg'ona viloyat Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze, klub rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari, “Markaziy” o'yingoh xodimlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Tadbirda taniqli so'z ustasi, aktyor Anvar Mirzo boshlovchilik qildi. Dastlab Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaev tadbirni ochib berish uchun so'zga chiqdi.
–  Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va futbolchilar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikayman. Yakuniga etgan futbol mavsum biz uchun og'ir kechdi. Lekin shunday bo'lsa-da, chempionat yakunida o'z oldimizga qo'ygan vazifani uddalay oldik. Yangi mavsumda jamoamiz oldiga yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Nasib bo'lsa, muxlislarimiz hali Osiyo CHempionlar ligasi o'yinlaridan bahramand bo'lishadi.

Qo'qonlik futbol muxlislari o'ta talabchan. SHuning uchun yangi mavumda jamoa oldiga 6-o'rinni olish vazifasini qo'yamiz. Buning uchun “Qo'qon-1912” jamoasida barcha imkoniyatlar mavjud.

SHundan keyin mavsum davomida “Qo'qon-1912” jamoasi vakillariga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.



Jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqqan bosh murabbiy No'mon Hasanov, yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Nosir Otaqo'ziev, yangi mavsumni murabbiylar shtabida boshlaydigan Aziz To'xtaboev va Andrey Baklanovlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

SHundan keyin so'z navbati Farg'ona viloyat Futbol futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadzega berildi. Bir necha yil Qo'qonda faoliyat olib borgan taniqli mutaxassis barchani yangi yil bilan tabriklar ekan, qisqacha o'tgan yilgi natijalarni yodga olib o'tdi. SHuningdek, Tohir Kapadze yangi mavsum oldidan “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tiladi.Bndan tashqari, viloyat hokimi vakili Maruf Turdimatov ham barchani yangi yil bilan qutlab, yangi mavsum oldidan jamoamizga omad tiladi.

Aytgancha, shu kuni “Muxlislar klubi” vakillari ham jamoa tomonidan taqdirlanishdi. Xususan, yil davomida jamoa bilan birga bo'lgan “Muxlislar klubi ga “Tashakkurnoma” hamda qimmatbaho sovg'alar berildi.

Tadbir davomida shuningdek, bir qator mutaxassis va muxlislarga ham so'z berildi.

Tadbirda yangragan diltortar qo'shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi. Bir so'z bilan aytganda, ushbu tadbir yangi mavsum oldidan jamoa azolariga quvonch baxsh etdi.

SHu tariqa Qo'qon-1912 futbol klubi ortda qolgan mavsumni yuqori kayfiyatda tugatdi.



dsc_1298-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1323-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1300-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1345-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1310-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1321

dsc_1330-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1366-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1373-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1432-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1399-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1454-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1459-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

dsc_1484-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8f

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика