"Qo'qon-1912" ivuarlik futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
21 apr 19:56
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" ivuarlik futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
Qo'qonliklar mavsum boshida kelib qo'shilgan legioner bilan xayrlashdi.
"Mavsum boshida kot-dʻIvuarlik hujumchi Amed Kobena bilan shartnoma imzolangandi.
Futbolchi jamoamizning ilk mashg'ulotida jarohat oldi va bu jarohat futbolchining keyingi faoliyatiga tasir qildi. Shu sababli ikki tomon kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qildi", – deyiladi xabarda.
27 yoshli Kobena Superliga ushbu mavsumida bor-yo'g'i 13 daqiqa harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar