“Qo'qon-1912” – “AGMK”. Prevyu

Narzulla Saydullayev
2 okt 2018, 11:11
Superliga 25-turini "Qo'qon-1912" Qo'qonda AGMK jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ananamizga sodiq qolgan holda mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlariga doir statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O'zbekiston chempionatlarida sakkiz marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning ikkitasida qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda Olmaliqliklarning  qo'li baland kelgan. Ikkita bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

To'plar nisbati 9-9. O'zaro uchrashuvlarda "Qo'qon-1912" 8 ochkoni qo'lga kiritgan. AGMK hisobida esa 17 ochko mavjud.

Barcha uchrashuvlar:
18.04. 2015 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 2:1
26.08. 2015 – Qo'qon -1912 – Olmaliq – 0:1
30.06.2016 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 3:2
22.11.2016 – Qo'qon-1912 – Olmaliq – 2:1
25.05.2017 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 0:0
25.11.2017 – Qo'qon-1912 – Olmaliq – 1:2
12.04. 2018 – AGMK – Qo'qon-1912 – 0:0
18.07. 2018 – Qo'qon-1912  – AGMK – 3:0

Boshlanish vaqtlari
Mazkur uchrashuv 3 oktyabr kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda soat 18:00da boshlanadi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushishadi. O'yin “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz