So’nggi yangiliklar

11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 11:38Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  2 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  19 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  11 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  1 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  5 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  15 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  18 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1

“Qizilqum” Toshkentda “Oqtepa”ni yirik hisobda dog'da qoldirdi Yangiliklar

“Qizilqum” Toshkentda “Oqtepa”ni yirik hisobda dog'da qoldirdi

Teglar :  Qizilqum
SHu kunlarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi poytaxtimizda yangi mavsumga taraddud ko'rmoqda.

Kuniga ikki mahaldan olib borilayotgan mashg'ulotlarda yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etayotir. Avval xabar qilganimizdek, yig'inga yangi o'yinchilardan Nodirxon Kamolov (“Neftchi”) hamda Eliyor Akbarov (“Cementchi”)lar kelib qo'shilishdi.

Konchilar yig'in doirasida dastlabki sinov uchrashuvini Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan o'tkazib 5:3 hisobida zafar quchganligini xabar qilgandik. 15 fevral kuni Hamidjon Aktamov rahbarligidagi “Qizilqum” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu gal navoiyliklar birinchi liga vakili Toshkentning “Oqtepa” vakillari bilan kuch sinashdi. Avvalgi o'yindan farqli o'laroq, ushbu uchrashuvda konchilar murabbiylar shtabi ko'proq .shlar va yangi o'yinchilarga imkoniyat berdi. SHiddatli va qiziqarli kechgan mazkur o'yin “Qizilqum”ning ishonchli va yirik g'alabasi bilan tugadi - 5:1.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Nazorat uchrashuvi. Toshkent

2016 yil 15 fevral

“Oqtepa” (Toshkent) - “Qizilqum” (Navoiy) - 1:5 (0:3).

Bosh hakam:
Ahmadjon Ergashev

“OQTEPA”: Rustam Dadaboev, Maqsud Hayitov, Farhod Mirahmatov, Asil Begimqulov, Rasul Rahmonberdiev, Araik Boboev, Sobir Usmonxo'jaev, Aziz Murodov, Nodir Ibragimov, Sardor Soipov, Abdulativ Abduqodirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mixail Naumov, Suhrob Sarimsoqov, Anvar Rahimov, Zohid Raupov, Eldor Magdeev, Viktor Klishin, Karen Abramov.

“QIZILQUM”: Artyom Makosin, Fayzulla Qambarov, Georgiy Kvesieshvili, G'ayrat Jumaev, Sarvarjon Xolmatov, SHerali Jo'raev, Nodirxon Kamolov, Bobir Mamirov, Samandar SHodmonov, Alisher Xoliqov, Bekzod G'anijonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Rustamov, Azizbek Usmonov, Nodir SHaxobiddinov, Eliyor Akbarov, Otabek Narzullaev.

Gollar: Alisher Xoliqov (20), Bekzod G'anijonov (36, 86), Bobir Mamirov (45), Abdulatif Abduqodirov (52), SHerali Jo'raev (77).

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi Toshkent yig'ini doirasida navbatdagi sinov nazorat bahsini 17 fevralda o'tkazadi. SHu kuni navoiyliklar Namanganning “Navbahor” futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика