So’nggi yangiliklar

14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  4 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  1 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  10 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  9 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  11 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  2 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  7 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:28Ўзбекистон футзал терма жамоасининг яна бир аъзоси легионерга айланди  0

"Qizilqum": Navoiyda akkreditaciya davom etadi Yangiliklar

"Qizilqum": Navoiyda akkreditaciya davom etadi

Teglar :  Qizilqum
Futbol - millionlar o'yini. Uning targ'ibot va tashviqotida ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlarining o'rni juda katta.

Navbatdagi milliy chempionat bahslari boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda. Yangi mavsumda ham “Qizilqum” PFK  Navoiy shahrida jamoamiz ishtirokida bo'ladigan O'zbekiston kubogi va mamlakat chempionati uchrashuvlarida jurnalistlar uchun qulaylik yaratishni rejalashtirgan.

Jumladan, ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlarining o'yinlarni maxsus sektordan bepul tomosha qilishlari, uchrashuvlar yakunida uyushtiriladigan matbuot anjumanlarida ishtirok etishlari, shuningdek, TV operatorlari hamda fotomuxbirlarning stadionda faoliyat yuritishi imkonini beruvchi maxsus ruxsatnoma (beyjik)lar taqdim etiladi.

Buning uchun OAV va matbuot xodimlari o'zlari ishlayotgan korxonadan “Qizilqum” PFK bosh menejeri Hamidjon G'ulomovich Aktamov nomiga xat, ikki dona 3X4 hajmdagi surat hamda pasport nusxasini taqdim etishlari talab qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish shu yilning 2 martiga qadar davom etadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0436) 2231503, +998998339634.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” futbolchilari ilk turni 5 mart kuni o'z maydonida “Mashal” (Muborak) jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 17.00 da boshlanadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика