“Qizilqum” muxlislari diqqatiga!
24 fev 2016 10:25
Yangiliklar


“Qizilqum” muxlislari diqqatiga!
Jumladan, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi dastlabki turni o'z maydonida Muborakning “Mashal” futbolchilariga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin 5 mart kuni shahrimizning “Umid” qo'rg'onida qad rostlagan “Yoshlar” sport majmuasi stadionida o'tkaziladi.
Yangi mavsumda “Qizilqum” muxlislar klubi o'z suyuklilarini har bir uchrashuv davomida yanada uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda. Bu borada muxlislar klubi faollari bir qator loyihalarni tayyorlashga kirishganlar.
SHu munosabat bilan “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi 28 fevral kuni ilk rasmiy yig'ilishini o'tkazadi. Klub etakchisi, SHahriddin Ishnazarovning bildirishicha, unda yangi mavsum reja va takliflari bo'yicha fikr almashilinadi. Muxlislar klubiga azo bo'lish tartib-qoidalari tushuntiriladi.
Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi yig'ilishi Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Tadbir 28 fevral kuni soat 10.00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar