Qatar Yulduzlar ligasi. Bugun Sardor Rashidov jamoasi chempionat autsayderi bilan o'ynaydi
07 avg 2020 08:20
Yangiliklar


Qatar Yulduzlar ligasi. Bugun Sardor Rashidov jamoasi chempionat autsayderi bilan o'ynaydi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 20-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Qatar SK" jamoasi navbatdagi tur doirasida "Al SHaxaniya" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv "Jassim Bin Hamad" stadionida Toshkent vaqti bilan 20:45da start oladi.
Eslatib o'tamiz "Qatar SK" 19-turdan so'ng 18 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi. O'tgan turda ushbu jamoa "Umm Salal" bilan bellashib 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi. "Al SHaxaniya" esa jadvalning oxirgi o'rinida ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19
20:05
Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz" 41

Fikrlar