So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Qatar FIFAga 400 mln. dollar pora bergani rostmi? Yangiliklar

Qatar FIFAga 400 mln. dollar pora bergani rostmi?

The Sunday Times FIFAga qarshi urush elon qilgan.

Yakshanba kuni yangi tekshiruvlar haqida malum berildi. Ularning asosiy qismini etiboringizga havola qilamiz:

- JCH-2018/2022 mezbonlari elon qilinishidan 21 kun oldin Qatarning Al Jazeera (Qatar amiri Hamad bin Halifa al Taniga tegishli) kanali FIFA bilan 400 mln. dollarlik TV shartnoma imzoladi. The Sunday Times tasdiq tariqasida shartnomaning uchta muhim qismi va Al Jazeera bosh menejeri Nosir Al Helayfi (PSJ prezidenti), marketing bo'yicha kanal direktori, FIFA prezidenti Yozef Blatter va bosh kotib Jerom Valkelarning imzosi aks etgan skrinshotlarni taqdim etdi.


- Skrinshotlarda Al Jazeera 150 mln. dollarga 2015/2018 yillarda FIFA tomonidan o'tkaziladigan barcha turnirlarni ko'rsatish huquqini sotib olgani, yana 150 mln. dollarga keyingi 3 yillik (2019-2022) translyaciyalar xarid qilingani ko'rsatilgan. Bu bitim orqali arab kanali turnirlar translyaciyasini O'rta SHarq va SHimoliy Afrika mamlakatlariga sotishi mumkin. Eng asosiysi: SHartnomada agar FIFA JCH-2022ni Qatarga bersa, 100 mln. dollar miqdorida bonus to'lanishi belgilangan.


- So'nggi imzolar 11 noyabr kuni qo'yilgan, JCH-2018 va JCH-2022 mezbonlari 2 dekabr kuni elon qilindi.


- The Sunday Times malumotlariga ko'ra, raqamlar bu hudud uchun avvalgi TV-shartnomalardan besh baravar katta (bitim 5 karra qimmatga imzolangan)


- The Sunday Times nashrining yozishicha, uch yildan so'ng Qatar 480 mln. dollarlik yana bir bitim taklif qilgan - bu safar beIN Media Group kompaniyasi nomidan. Ammo bu shartnomadan skrinshot yo'q. Jurnalistlarning fikricha, Qatar bu bitim bilan FIFA tomonidan korrupciya ishlarini ochish uchun yollangan Maykl Garsiya hisobotlaridagi bazi malumotlarni yashirgan. 2014 yilning dekabrida Garsiya FIFA bilan hamkorlikni to'xtatib, tashkilotni tekshiruv ishlari hisobotini to'liq elon qilmaganlikda aybladi. SHunga qaramay uning ishi tufayli FIFAda katta o'zgarishlar bo'ldi va Yozef Blatter istefoga chiqdi.


- Bu The Sunday Times nashrining birinchi ishi emas. JCH-2018gacha maqolalarning ko'pchiligi Rossiyaga bog'liq edi. Endi bor etibor Qatarga qaratilmoqda. Britaniyaliklarning yozishicha FIFA ijro qo'mitasining ikki vakili (Amadu Diakite va Ismoil Bhamji)ga o'sha dekabrda o'tkazilgan saylovlardagi ovoz uchun 1,2 mln. dollar taklif qilishgan. Ularning ikkalasi ham futboldan chetlatildi, ammo pora uchun emas, FIFA ichki qoidalarini buzgani tufayli.


- SHu bilan birga The Sunday Times nashrining malumotlariga ko'ra, bir umrga futboldan chetlatilgan Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti Qatar arizasini qo'llash uchun sirli to'lovlarga 5 mln. dollarga yaqin pul sarflagan.


- FIFA yangi ayblovlarga munosabat bildirmadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика