Qatar FIFAga 400 mln. dollar pora bergani rostmi?

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019
The Sunday Times FIFAga qarshi urush e'lon qilgan.

Yakshanba kuni yangi tekshiruvlar haqida ma'lum berildi. Ularning asosiy qismini e'tiboringizga havola qilamiz:

- JCH-2018/2022 mezbonlari e'lon qilinishidan 21 kun oldin Qatarning Al Jazeera (Qatar amiri Hamad bin Halifa al Taniga tegishli) kanali FIFA bilan 400 mln. dollarlik TV shartnoma imzoladi. The Sunday Times tasdiq tariqasida shartnomaning uchta muhim qismi va Al Jazeera bosh menejeri Nosir Al Helayfi (PSJ prezidenti), marketing bo'yicha kanal direktori, FIFA prezidenti Yozef Blatter va bosh kotib Jerom Valkelarning imzosi aks etgan skrinshotlarni taqdim etdi.


- Skrinshotlarda Al Jazeera 150 mln. dollarga 2015/2018 yillarda FIFA tomonidan o'tkaziladigan barcha turnirlarni ko'rsatish huquqini sotib olgani, yana 150 mln. dollarga keyingi 3 yillik (2019-2022) translyatsiyalar xarid qilingani ko'rsatilgan. Bu bitim orqali arab kanali turnirlar translyatsiyasini O'rta Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga sotishi mumkin. Eng asosiysi: Shartnomada agar FIFA JCH-2022ni Qatarga bersa, 100 mln. dollar miqdorida bonus to'lanishi belgilangan.


- So'nggi imzolar 11 noyabr kuni qo'yilgan, JCH-2018 va JCH-2022 mezbonlari 2 dekabr kuni e'lon qilindi.


- The Sunday Times ma'lumotlariga ko'ra, raqamlar bu hudud uchun avvalgi TV-shartnomalardan besh baravar katta (bitim 5 karra qimmatga imzolangan)


- The Sunday Times nashrining yozishicha, uch yildan so'ng Qatar 480 mln. dollarlik yana bir bitim taklif qilgan - bu safar beIN Media Group kompaniyasi nomidan. Ammo bu shartnomadan skrinshot yo'q. Jurnalistlarning fikricha, Qatar bu bitim bilan FIFA tomonidan korrupsiya ishlarini ochish uchun yollangan Maykl Garsiya hisobotlaridagi bazi ma'lumotlarni yashirgan. 2014 yilning dekabrida Garsiya FIFA bilan hamkorlikni to'xtatib, tashkilotni tekshiruv ishlari hisobotini to'liq e'lon qilmaganlikda aybladi. Shunga qaramay uning ishi tufayli FIFAda katta o'zgarishlar bo'ldi va Yozef Blatter iste'foga chiqdi.


- Bu The Sunday Times nashrining birinchi ishi emas. JCH-2018gacha maqolalarning ko'pchiligi Rossiyaga bog'liq edi. Endi bor e'tibor Qatarga qaratilmoqda. Britaniyaliklarning yozishicha FIFA ijro qo'mitasining ikki vakili (Amadu Diakite va Ismoil Bhamji)ga o'sha dekabrda o'tkazilgan saylovlardagi ovoz uchun 1,2 mln. dollar taklif qilishgan. Ularning ikkalasi ham futboldan chetlatildi, ammo pora uchun emas, FIFA ichki qoidalarini buzgani tufayli.


- Shu bilan birga The Sunday Times nashrining ma'lumotlariga ko'ra, bir umrga futboldan chetlatilgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Qatar arizasini qo'llash uchun sirli to'lovlarga 5 mln. dollarga yaqin pul sarflagan.


- FIFA yangi ayblovlarga munosabat bildirmadi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru