So’nggi yangiliklar

08:52«Манчестер Юнайтед»нинг етакчиси ёзда жамоани тарк этиши мумкин  0 08:21Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум. У Вини эмас!  5 07:49Карло Анчелотти кечаги дурангдан сўнг нималар деди?  6 07:20«Бавария» — «Реал Мадрид» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  6 06:15 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Бавария" - "Реал Мадрид" 2:2   1 01:52Голларга бой ўтган баҳсда «Бавария» ва «Реал Мадрид» ўзаро дуранг ўйнади  219 00:59"Интер" чемпионлигини нишонламоқчи бўлган мухлис парадга кўк сигир етаклаб чиқди  3 00:32Жака мураббийликда ўзини синаб кўрмоқчи  0 00:15Жоржиньо "Арсенал" билан шартномани узайтирмоқчи  0 23:48"Барселона" "Реал" собиқ футболчиси билан алоқага чиқди. Мадридликлар уни қайтаришни хоҳламади  2 23:23"Clash of Clans" видеоўйинида Холанд қиёфаси пайдо бўлади  9 23:00ЕЧЛ. "Бавария" — "Реал". Таркиблар маълум  29 22:46Рюдигер: "15 ёшга қадар тўшагимни ҳўллаб чиқардим. Бунинг уяладиган жойи йўқ"  8 22:29Эрон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши ўртоқлик учрашуви ўтказмоқчи  1 22:14"Ланс" марказий ҳимоячиси клубдан кетиши мумкин  4

Qarzdor klublarni qanday jazo kutyapti? "Neftchi" va "Navbahor"ning "sheriklari" bor Yangiliklar

Qarzdor klublarni qanday jazo kutyapti? "Neftchi" va "Navbahor"ning "sheriklari" bor

Qish keldi, mavsum tugadi. Bu yana qarzdorliklar, to'lanmagan pullar katta sahnaga chiqadi, degani.

Yil davomida yig'ilib kelgan muammolar suv yuzasiga qalqib chiqmoqda. Bir qarasangiz "Neftchi"da, bir qarasangiz "Navbahor"da. PFL 10 yanvarga qadar klublarga qarzdorlikni bartaraf etish bo'yicha muhlat bergan, aks holda jiddiy choralar ko'rilishini malum qilgandi. Mazkur masala yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Hozirgacha nechta va qaysi klublar qarzlarni to'liq yopgan? Klublarimizda harakat qanday ketyapti?

- O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston professional futbol ligasi bilan birga klublardan futbolchi, murabbiy, ishchi xodimlar o'rtasidagi qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan hisobot berishini so'ragan edik. Bugungi kunda faqat 3-4 jamoa bu ishni amalga oshirdi. O'FA, PFL va O'FU bilan birga qilinayotgan ishlar bois so'nggi yillarda qarzdorlik masalalari tartibga solingan. SHunga qaramasdan, bazi bir jamoalarimizda futbolchilar, murabbiylar oldida qarzdorliklar mavjud. Eng muammoli jamoalarni aytadigan bo'lsak, "Yangier", "Paxtakor-79", yana kelib tushgan murojaatlar bo'yicha "So'g'diyona", "Buxoro", "Neftchi", "Navbahor", bundan tashqari uzoq yildan buyon davom etib kelayotgan "Surxon" jamoasi futbolchilar oldida qarzdorlikni to'liq bartaraf etgani yo'q. Ayollar jamoalarimizdan ham mukofot pullari bo'yicha murojaatlar kelib tushyapti. 

- Nima uchun aynan yil oxirida, qishda bu masalalar ko'tariladi?

- Har yil yakunida shunday muammolarning kelib chiqishi nimadan iboratligini aytsam. Futbolchilar klub bilan bir yillik mehnat shartnomasini tuzishadi. Qarzdorlik bo'yicha ko'p marotaba klubga yuzlanishadi. SHartnomasi tugagunga qadar pul ololmagach, jamoani tark etganda, qarzdorlik yuz foiz hal bo'lmaganda yuzaga chiqib keladi. 

- Klublarga qanday chora ko'riladi? Ularga qanday sankciyalar qo'llanilishi mumkin?

- O'FAda 16 yanvar kuni klub rahbarlari bilan katta yig'ilish kutilmoqda. SHundan so'ng qanday sankciyalar qo'llanilishi, choralar aniq bo'lishi mumkin.

- Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasining ustun taraflari nimada? Yaxshi natija qayd etish qaysi omillarga bog'liq?

- Legionerlarimiz, mahalliy futbolchilar murabbiyning ko'rsatmalari asosiyda bir oila bo'lib harakat qilishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Asosiysi ishonch. Barchamiz terma jamoamizga ishonishimiz kerak. Avvalgi natijalarni yangilash, katta maqsadlarni qo'yish vaqti keldi. Buni futbolchilar ham o'zi his qilib turibdi.

- Osiyo Kubogida jamoaviy o'yinmi yoki individual harakatlar muhim rol o'ynaydi?

-Menimcha, jamoaviy o'yinimiz asosiy planga chiqishini kutyapman. Yuqorida aytganimdek, ayrim pallalarda indivuidual mahorat ham kerak bo'ladi. Lekin yuqori maqsadni ko'zlagan jamoalar o'yinni jamoaviy uslubda quradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика