So’nggi yangiliklar

22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  4 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  0 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  3 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  17 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0

Kamoliddin Murzoev: "Bu safar Olimpiadaga chiqishimiz uchun qandaydir ishonch bor" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Bu safar Olimpiadaga chiqishimiz uchun qandaydir ishonch bor"

O'zbektiston olimpiya terma jamoasi birozdan so'ng Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi.

Parij Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi bu turnirga ko'pchilikning qiziqishi katta. Malayziyaga qarshi o'yin oldidan o'z vaqtida O'zbekiston olimpiya terma jamoasida to'p tepgan Kamoliddin Murzoaevning fikrlarini tingladik. 


"Darhaqiqat, futbolimiz rahbarlari Olimpiada yo'lida barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Kamdan-kam davlatlarda olimpiya terma jamoasi uchun alohida loyiha ishlab chiqilgan. "Olimpik"ning birinchi davrlarini eslasangiz bizga notanish nomlar chiqib keldi. Hozirgi kunda har tomonlama tayyorlar deb o'ylayman. Guruhdagi raqiblarimiz ham biz istagandek. Lekin hech bir o'yin oldidan yuz foiz g'alaba qozonadi deya olmaymiz. Imkoniyatlar darajasida kelib chiqsak guruhimiz yaxshi. Legionerlarimizning qo'shilishi ham yaxshi motivaciya bo'ladi. 

Bizda bunday musobaqalar oldidan haddan tashqari katta bosim bo'ladi. Ko'pchilik futbolchilarni teskarisiga koyishadi. Vatan tuyg'usi yo'q, vatan uchun o'ynamaydi va hokazo. Ichki muhitda, futbolchining tayyorlanish jarayonida bu katta bosimni keltirib chiqaradi. Ko'plab turnirlarda so'nggi nuqtada nimadir etishmaydi. Futbolda mentalitet degan narsani takidlashadi. Tarbiya, ichki kechinmalari shakllangan bir xillik yo'q. Yaponiya, Koreyaga qarasangiz har bir yoshda o'z ruhiyati bor va bu o'zgarmaydi. Bizda bitta terma jamoamiz yuqoriga chiqib ketadi, biri tushib ketadi. Mana shunda balansni topa olsak marra bizniki bo'ladi. 

O'ylaymanki, Timur Kapadze shogirdlari bu holatdan chiqib ketishadi. Mazkur terma jamoada balans bor. Futbolchilar birga bo'lgani bilan turli klublardan kelishgan. Bu o'zining ijobiy yordamini berishi kerak. Xursand qiladigan natija bilan qaytamiz deb o'ylayman. Qandaydir ishonch bor",- deydi Kamoliddin Murzoev. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика