So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  0 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  2 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  10 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  0 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  7 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  19 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  3 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  63 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  50

Futbol klublarini xususiylashtirish amaliyoti. Biz qaysi bosqichdamiz? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Futbol klublarini xususiylashtirish amaliyoti. Biz qaysi bosqichdamiz? (Bekzod Tolibov blogi)

2030 yilgacha davlat professional futbolni moliyalashdan to'xtatadi, bu haqda hukumat qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga ko'ra, biz 2030 yilga qadar milliy chempionatlarimizda ishtirok etayotgan futbol klublarini bosqichma-bosqich xususiylashtirib borishimiz kerak. Ayni masalada rasmiy hujjat qo'limizda bor, vazifamiz aniq, biz hozir qaysi bosqichdamiz?


Klublarni xususiylashtirish masalasida amalga oshirilgan ishlar

Futbol klublarini xususiylashtirish masalasida bizda hech qanday harakat bo'lgani yo'q desangiz, adashasiz. Futbolimiz tizimida bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan, chunki bugun bo'lmasa ertaga yakuniy bosqichga etib kelishimizni hamma tushunib turibdi. Xususiylashtirish masalasida eng birinchi yorqin islohot har bir futbol klubiga zamonaviy stadion, yoritgich tizimlari, akademiyalar va mashg'ulot maydonlari kabi talablarning qo'yilishida bo'ldi. Mentalitetimiz shunaqa, kimdir aytmasa, qatiy talab qo'ymasa, o'zimizcha biron ish qilmaymiz. Agar shu talablar bo'lmaganida kunlar isigan vaqtda vaqtdagina yashil tus oladigan, qolganida esa shudgor kabi sarg'ayib yotadigan maydonlarda hali-hanuz "professional" futbolimizni o'ynab yurgan bo'laverardik. 

"Bu ishlarni klublarning xususiylashishiga qanday aloqasi bor ekan?", degan savol kimdadir tug'ilgan bo'lishi mumkin. SHu ishlarni boshlagan kishi futbolni davlat moliyalashtirib turgan vaqtda, yani pul bor bo'lib turganida bajarib olishni reja qilgani aniq. 2030 yilga kelib davlat ulushi bor bo'lgan korxona homiyligi ostida faoliyat yuritgan futbol klublari uchun moliyaviy taminot to'xtab qolsa, stadion yoki mashg'ulot maydoni qurish uchun mablag' topa olmay qolishlari ehtimoli mavjudligini bilardi. Ikkinchi tomondan, xususiylashayotgan klubning egasiga aylanayotgan tadbirkor yoki investorga ko'rsata oladigan infratuzilma ham kerak, hech kim shunchaki nom uchun pul tikib ketavermaydi.



Futbolimiz mutasaddilari hukumat qarori elon qilinganidan so'ng dastlabki bosqichda ayrim futbol klublarini Davlat aktivlari agentligi balansiga o'tkazish ishlarini boshlashdi. Jarayon qanday shov-shuv bilan boshlangan bo'lsa, davom shunday mavhumligicha qolib ketdi. Oraga OFK licenziyalari aralashdi, hatto xalqaro maydon yo'llanmalariga zid keluvchi holatlar haqida so'z bordi. Mazkur ishlarning yakuni qanday bo'ldi, bu borada aniq manbaga asoslangan malumot menda yo'q. SHunchaki mish-mishlardan iborat maqola yasab, ommaga taqdim etish har jihatdan ham to'g'ri bo'lmaydi. Tushunishimcha, futbol klublari hozir ham agentlik balansida qolgan, chunki "Paxtakor" klubining sotuvga qo'yilayotgani haqidagi xabarning birinchi rasmiy manbasi qaysi tashkilot ekanini hamma ko'rdi.


Futbol klublari o'z-o'zini moliyalashi

So'ngi yillarda ayni masala bo'yicha quvonarli va maqtashga arzigulik natijalarimiz bor. Masalan, siz ham ko'rib boryapsiz, futbol klublarimizda marketing faoliyati anchayin rivojlanib qoldi. To'g'ri, bu orqali topilayotgan daromad hozircha ozdir, lekin harakat qilmasak, shu pulni ham tashqaridan kimdir kelib bermagan bo'lardi. Birdaniga yangi Amerika ochib tashlamasak ham, bosqichma-bosqich marketing borasida natijadorlik ko'lami o'sib boradi. 



SHuningdek, so'nggi yillarda o'zbek futbolchilarining xorij chempionatlariga transferlari salmog'i anchayin ortdi. Bu o'z-o'zidan futbolchisini sotgan klubga qanchadir miqdorda mablag' kirib keldi degani. Ayni masalada bizning futbolda rivojlanish bor. Albatta, SHomurodov yoki Fayzullaev kabi nomlarning xorij chempionatlaridagi yorqin faoliyati o'zbek futbolchilarining xalqaro skautlarning nazariga tushishiga, qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi. Jarayon shu taxlit civilizaciyada davom etadigan bo'lsa, vaqti kelib bitta futbol klubi bir nafar futbolchining transferi ortidan bir yillik byudjetini qoplay oladi.


Xulosa va takliflar

Aytilgan fikrlarni xulosalash vaqti kelgan bo'lsa, shuni takidlash o'rinli bo'lardi, bizda futbol klublarini xususiylashtirish bo'yicha amaliy harakatlar boshlangan. Hukumat qarorida ham bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan, etirofga arzigulik bo'lmasa ham biz hozir shuning harakatidamiz. Infratuzilmalar borasida ishlar, o'zbek futbolchilarining xorij klublariga transferlari, marketing tizimlari faoliyati, umuman, futbol klublarining o'z-o'zlarini moliyalashga qarayotgan siyosatlari 2030 yilgacha xususiylashtirish jarayonidagi qadamlar va bosqichlardir.

Bu maqolaning takliflar qismi ham bor. Yaqinda yurtimizdagi nufuzli oliygohlardan birida dars beradigan fan doktori bilan klublarni xususiylashtirish masalasida gaplashib qoldim. Professorning aytishicha, futbol klublarini akcionerlik jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tezlatish mumkin. Masalan, hozir bitta tadbirkor bir o'zi butun boshli klubni moliyalashi yakunda qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Akcionerlik jamiyatida esa klubning akciyalari bitta emas, bir nechta kishida bo'ladi. Moliyaviy taqsimot, klub rahbar-xodimlarining tayinlanishi va faoliyati bamaslahat stol ustida, direktorlar kengashida hal qilinadi. Nazarimda, o'ylab ko'rsa bo'ladigan taklif.



Ikkinchi taklifni esa shaxsiy tajribalarimga asoslangan holda o'zim beraman, hozirgi o'zbek futboliga legionerlar kerak emas. Zimmamizda aniq vazifa turibdi, 2030 yilgacha klublarni xususiylashtirish jarayoni yakunlanishi belgilab qo'yilgan. Biz esa chempionatga milliardlab pul sarflab, legioner olib kelyapmiz. Ularga sarflangan mablag'lar klub infratuzilmasiga, bolalar futboliga yo'naltirilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. To'g'ri, bunda 4-5 yil chempionatimiz saviyasi biroz tushishi haqiqat, biroq vaqti kelib eng yaxshilar qatorida bo'ladi. Legionerlar kelib mahalliy futbolni rivojlantirib yuborganida, hozir Xitoy chempionati hech bo'lmaganda Osiyoda eng zo'ri bo'lardi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика