So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  54 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

Qanday qilib katta klublar yillar davomida qarzdorlikda yashaydi va nima uchun ularga hech narsa bo'lmaydi Yangiliklar

Qanday qilib katta klublar yillar davomida qarzdorlikda yashaydi va nima uchun ularga hech narsa bo'lmaydi

Teglar :  SuperligaFutbol
Futbol klublari qarzdor bo'lishdan manfaatdor. Buning sabab nimada bo'lishi mumkin? Bunga oydinlik kiritamiz.

Siz doimiy ravishda quyidagi yangiliklarga duch kelasiz: "Barselona"ning qarzi bir milliard evrodan oshdi, Superliganing barcha tasis klublari kimdandir qarzdor, bir klubining sof qarzi 157 foizga o'sdi va boshqalar. Sizningcha, katta klublar transferlar, stadionlar, marketing uchun milliardlar sarf qilayotgandek tuyuladi — biroq ayni paytda ular arzimas qarzdorlik bilan yashashadi. Siz guvohi bo'lgan bunday yangiliklar nafaqat sportda, balki yirik biznesmenlar, Apple va hatto AQSH hukumatida ham mavjud.



Bu qanday yuz berishi mumkin? Boy odamlar qaerdan qarz olishadi? Nega ularni hech kim jazolamaydi? Ular barcha qarzlarni darhol to'lab qo'yishlari mumkin emasmi? Bunday paradokslarni iqtisodiyotning qaysi mexanizmlari yaratadi? Bunday qarzlar oddiy odamning qarzlari bilan bir xilmi?

Ushbu maqola barchasi tushuntirib beradi.

Nima uchun katta qarz hech narsani anglatmaydi?

Yangi xabarchilar uchun "Manchester Yunayted" yoki boshqa biron bir klubning yarim milliard qarzdorligi borligi haqidagi xabarni asliga muvofiq qabul qilmaslik kerak. Agar biron bir kishi bunday miqdorda qarzdor bo'lsa, unda kollektorlar darhol uni bosib olishadi va uni hamma narsadan mahrum qilishadi. Ammo top-klub bu shaxs yoki bir guruh odamlar emas, balki ulkan korporaciya hisoblanadi. Ularning qarzlarni bekor qilish qiyin va keraksizdir.



Birinchidan, qarz miqdori ular uchun arzimas. Bazi jamoalar uchun milliard evro ham qo'rqinchli emas. Hammasi daromad va jamg'arishga bog'liq. Klub jamg'arilgan pul bilan qarzni qoplay oladigan bo'lsa, bunday muammosiga duch kelmaydi. Bu nafaqat hamyon va seyflardagi pul, balki bank hisobidagi yoki qimmatli qog'ozlardagi pul mablag'lari bo'lib, ularni osonlikcha pulga aylantirish mumkin.

Bazi moliyaviy bo'lmagan aktivlarni (futbolchilar, o'quv bazasi, klub avtobusi) sotish bilan ham qarzdorlikni qoplash mumkin, ammo bu holat raqobatdoshlikka jiddiy tasir qiladi.

Ikkinchidan, klublar nazorat organlari va kredit beruvchi tashkilotlarni kelajakdagi daromaddan qarzlarni qoplashlariga ishontirishlari mumkin. Bunda ularga Deloitte Football Money League (ishchilar soni bo'yicha dunyodagi eng yirik auditor) yoki UEFA klublarining licenziyalash mezonlari (yil oxirida UEFA tomonidan tayyorlanadi) moliyaviy hisobotlari yordam beradi. Agar qarz mablag'lari evaziga biznes yuritishning foydasi kredit olish xarajatlaridan yuqori bo'lsa, u holda qarzning mavjudligi oqilona hisoblanadi.

Aniqlik va soddalashtirish uchun mexanika quyidagicha tartibga solingan:

↓ MYUning yarim milliard sof qarzi bor.

↓ Klub har yili daromad qiladi.

↓ Tushumning bir qismidan qarzni to'laydi.

Agar istasa, klub qarzini tezda to'lab qo'yadi. Ammo asta-sekinlik bilan qarzni kamaytirish yanada foydali, chunki bu foyda va daromadni keskin pasayishiga olib kelmaydi, shu bilan birga ayni damdagi sarf-xarajat imkoniyatini saqlab qoladi.

Ammo bir narsani tushunish muhim, bu imkoniyat MYU uchun mumkin, ammo, masalan, Rossiyaning "Tambov" klubi uchun uchun emas. Birinchisida o'ziga xos brend, har yili katta daromad va dunyodagi eng qimmat tarkiblardan biri mavjud. Agar biron bir narsa noto'g'ri ketsa, Reshford, Fernandesh yoki Maguayrni sotish evaziga bir mavsumda katta qarzni qoplash mumkin. "Tambov"da esa bunday imkoniyat yo'q.

Nima uchun banklar va investorlar odatda klublarga ko'p narsa berishadi?

APL va Evropa musobaqalarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham MYUga qarz berishga bo'lgan ishonch yomonlashmaydi. Hatto ketma-ket bir necha mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklar ham homiylarni yuzko'rmas qiyofaga solmaydi. Zamonaviy futbolda sport yutuqlari tobora orqaga chekinmoqda va o'z ahamiyatini yo'qotmoqda. Klublar uchun iqtisodiy manfaatlarga etibor qaratish dolzarb bo'lmoqda — yirik homiylar bilan shartnomalar tuzish, qo'shimcha sarmoyalar olish va hk. "Manchester Yunayted" katta miqdordagi pulni olishi uchun APL chempionligiga emas, dunyo bo'ylab 1,1 mlrd muxlisi uchun o'ynaydi.



Albatta, g'alabalar va muxlislar o'rtasida bog'liqlik mavjud, ammo hozirda to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik yo'q. SHuning uchun, masalan, ko'p yillar davomida chempionlikni qo'lga kirita olmagan "Arsenal" dunyoda sensacicion triumflarga ega chiqqan "Lester"ga qaraganda ancha mashhurroq.

Barqarorlik boshqa tomondan ham muhimdir. "Manchester Yunayted" bilan hamkorlik qilishni rejalashtirganlar juda yaxshi bilishadi: aniq natija ko'rsata oladigan, sinalgan, ishonchli brend. Klub Premer-ligada o'ynaydi (va undan tushib ketishi ehtimolidan yiroq), ko'pincha Evrokuboklarda ishtirok etadi, milliardlab evrosi bor homiylar va aktivlarning katta portfeliga ega.

Keling, "Tambov"ga nazar tashlaylik: hukumat tomonidan moliyalashtirish masalasidagi noaniqlik, arzon narxdagi o'yinchilar, uy arenasining yo'qligi va boshqalar. Albatta, oddiy investor futbolga kirishga qaror qilsa, "Manchester Yunayted" o'rniga "Tambov"ni tanlamaydi. CHunki bu erda juda katta tavakkal va xavf mavjud.



Kundalik masalada MYU va "Tambov" o'rtasidagi farq valyutalar orqali yaxshi tushuntirilgan. Bir tomondan, dollar — asosiy zaxira valyutasi (davlatlar shu valyutada hisob-kitob qiladi va boshqa sabablar) hisoblanadi va barqaror ishlangan AQSH valyuta tizimi mavjud. Ushbu tizim sobiq prezident Tramp tomonidan boshqarilgan taqdirda ham o'zgarmadi — tizim shunchaki qudratliki, uning nufuzi yanada oshdi. Boshqa tomondanda rubl mavjud, uning kursi neft narxlari va mamlakatdagi mavjud vaziyatga bog'liq. Ko'rinib turibdiki, uzoq muddat davomida daromadni saqlash uchun investorlar qaysi tanlovni amalga oshirishlari aniq. Xuddi "Manchester Yunayted" va "Tambov" o'rtasidagi tanlov singari.

Nima uchun klublar qarz oladi va nega hatto UEFA ham bunga ahamiyat bermaydi?

"Manchester Yunayted"ning qarzi ko'p, ammo ayni paytda ingliz futbolida qarz aylanmasi "qizil iblislar"nikidan ham ko'proq bo'lgan klub mavjud. Bu — Tottenxem, uning umumiy qarzdorligi 831 million funtni tashkil qiladi. Ha, "Tottenxem"ning statusi "Manchester Yunayted"nikidan ancha past. Ammo bu uning kredit olishiga katta to'sqinlik qilmaydi.



Birinchidan, qarzlar qanday o'sib borgani aniq — klub yangi stadionga ega bo'ldi. Ikkinchidan, tomoshabinlar tribunaga qaytganida ushbu yangi stadiondan olinadigan daromad "Tottenxem"ni holatini yaxshilaydi. "Tottenxem"ning yangi maydoni avvalgi "Uayt Xart Leyn" stadionidan deyarli ikki baravar katta (62 ming tomoshabinga mo'ljallangan) va uning daromadi, hatto 2020 yilgi pandemiya davrida ham 105 million evroni tashkil etdi va bu 2019 yilga nisbatan 15 million evroga ko'p degani. "Tottenxem"ning tijorat daromadlari ham oshdi (183 million evro) va bu ham jamoaga kredit taqdim etuvchilar bilan munosabatlarda o'zlarini ishonchli his qilishlariga imkon beradi.

Qizig'i shundaki, "Arsenal" qarzdorligining sababi ham stadion bilan bog'liq. "Tottenxem" bir necha yil oldin ko'chib o'tgan bo'lsa-da, "Arsenal" bundan o'n besh yil oldingi sarmoyalarni hali qoplamaydi. Stadion deyarli 400 million funtga baholangan edi va klub bu xarajatlarni 14 yil ichida qoplashni rejalashtirgandi. Biroq bu amalga oshmadi, shuning uchun qarzni uzoq muddatli 25 yillik obligaciyalar bilan qayta moliyalashtirish kerak bo'ldi.

Aytgancha, "Liverpul"ning qarzi (129 million funt) ham stadion bilan bog'liq. 60 million funt "Enfild"ni rekonstrukciya qilish va arenani 61 ming tomoshabingacha kengaytirishga sarflanadi. Klub bu pulni darhol topishi mumkin edi — zamonaviy bozorda bu "Liverpul" har yili sotib oladigan bitta yulduz futbolchi narxiga to'g'ri keladi. Ammo klub rejalashtirilgan daromaddan voz kechishni istamaydi — shu sababli, albatta, stadionni kengaytirish uchun kreditga pul kerak bo'ladi va uni kengaytirishdan tushadigan daromadning kelajakdagi o'sishi bilan qarzlarni qoplaydi.

"CHelsi" (47 million kredit) va "Manchester Siti" (65 mln) kreditdan foydalanish bo'yicha inglizlarning top-6 ligidan o'rin olgan. Ammo Angliyadagi eng boy klublar ham qarzsiz yashamaydi.

Bu erda yana bir bor takidlash kerakki, qarz olish har doim ham pul uchun bankka borish degani emas. Masalan, "Manchester Siti"da barcha qarzlar moliyaviy lizing asosida amalga oshiradi — bu bazi mulklarni uzoq muddatli ijaraga olishdir. "Man Siti" avtobuslar va boshqa transport vositalariga shunday egalik qilsa kerak. "CHelsi"ning qarzlari guruhning bazi aktivlarida to'planib bormoqda. Ehtimol, bular stadion va akademiya bilan bog'liqdir.

So'nggi hisobotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning qarzi yarim milliardni tashkil qildi. Uning bunday darajada bo'lishiga Glazerlar oilasi sabab bo'lgan. Dastlab, Malkolm Gleyzer MYUni o'z puliga sotib oldi, aksariyat pulni kreditga oldi. Bitim tugaganidan bir yil o'tib, 2006 yilda u klubni qayta moliyalashtirdi (eskisini qoplash uchun yangi qarz oldi), qarzning bir qismini klubga o'tkazdi.

Agar biz boshqa qarzlarni, masalan, xodimlar, soliq idoralari, etkazib beruvchilar va boshqa kredit beruvchilar oldidagi qarzlarni ham hisobga olsak, Evropa Superligasiga azo bo'lgan 12 klubning umumiy qarzi 7,4 milliard funt sterlingni tashkil etadi.

Muhim tushuntirish. Katta qarzga ega bo'lgan "Tottenxem" Angliyadagi eng katta pul zaxirasiga ega — 226 million funt. Bu shuni anglatadiki, londonliklar hozirning o'zida daromadi bilan qarzining to'rtdan bir qismini to'lashi mumkin. Masalan, "Manchester Siti" o'z qarzlarini to'liq to'lashi va 65 million funt sterlingni saqlab qolishi mumkin.

UEFA klublarning qarzdorligi bilan qiziqmaydi. Tashkilot sof qarz jami daromadning 100 foizidan oshmasligini, ish haqining esa 70 foizini tashkil etishini talab qiladi. Masalan, MYU ikkala talabni ham osonlikcha bajaradi: uning qarzi daromadga nisbati 0,9 foizni tashkil etadi, Evropada bu ko'rsatkich o'rtacha 1,5 foizga teng. 



Bazi klublar UEFA talabini bajarmaydilar, ammo top-5 liganing deyarli barcha vakillari normaga amal qiladi. Hisob-kitoblarga ko'ra, nemis klublarining qarzi o'rtacha daromadining atigi 7 foizini, ispaniyaliklarda 22 foizni, francuzlarda 31 foizni, inglizlarda 45 foizni, italiyaliklarda 78 foizni tashkil qiladi.

Masalan, 2013 yildan beri birinchi marta CHempionlar Ligasiga yo'l olgan "Milan"ning sof qarzi umumiy daromad nisbati 52% ga, sof qarzining ish haqi xarajatlariga nisbati 35% ga teng. Bu jamoani yanada barqarorligini taminlaydi, chunki uzoq vaqt davomida ilk marta "rossonerlar" evrokubokda ishtirok etadi.

Ammo yuqorida aytilganidek, MYU va boshqa grand klublar uchun sportdagi muvaffaqiyat unchalik muhim emas. Bu erda hech qanday qarama-qarshilik yo'q. SHunchaki "Milan"ning barqaror brendi va biroz jozibador ligasi bor, shu bois ular maqomini saqlab turishi uchun evrokuboklar va titullar muhim.

To'satdan barchaga kreditorlarga pul kerak bo'lib qolsa, nima bo'ladi?

Taxminiy vaziyat: dunyodagi barcha klublarning kredit beruvchilari bir lahzada o'z pullarini qaytarib olish uchun kelishadi. O'shanda haqiqiy tomosha boshlanadi.

SHunga o'xshash holat "Barselona"ning 2019/20 yilgi mavsum hisobotida ro'y bergan. Yani, jamoaning joriy qarzlari joriy aktivlaridan oshib ketgan.

Bazaviy hisoblashning asosiy principlari quyidagilardan iborat: 

aktivlar (daromad keltiruvchi mol-mulk) passivlarga (qarzlarga) teng bo'lishi kerak (aktivlarni shakllantirish manbalari);

qarzlar qisqa muddatli (joriy — 12 oy ichida qaytarilishi kerak) va uzoq muddatli ("Barselona"ning hisobotlari terminologiyasida uning muddati bir yildan ortiq ko'rsatilgan) bo'lishi kerak.

"Barselona"ning 2019/20 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotida aktivlar majburiyatlarga teng, aks holda hisobotlar shunchaki tasdiqlanmaydi.

Nima uchun bu muhim: agar uning joriy majburiyatlari joriy aktivlar bilan qoplansa, korxona likvid hisoblanadi.

Tarix siyosatidan o'xshashlik. 1965 yil Franciya prezidenti SHarl de Goll Amerika prezidenti Lindon Jonsonga 1,5 milliard qog'oz dollarini rasmiy ravishda bir unciya uchun 35 dollar kursi bilan oltinga almashtirishi to'g'risida elon qildi. Banknota bo'lgan kema va samolyot Amerikaga yuboriladi va orqaga qaytadi. Birozdan so'ng, xuddi shunday, ammo katta hajmdagi talablar bilan nemislar amerikaliklar huzuriga kelishadi. Keyin yaponlar, avstraliyaliklar va qolganlari. Uch yildan keyin amerikaliklar dollarni oltinga almashtirishni cheklaydi. Uch yil o'tgach, Bretton-Vuds konferenciyasida qabul qilingan konvertaciya butunlay bekor qilindi, chunki AQSHning zaxira ekvivalenti o'sha paytda atigi 10 milliard dollarni tashkil etardi. Talablarni amalga oshirishning iloji yo'q edi.



SHarl de Goll dollar oltinga tenglashtiriladigan tizimning bir tomonlama ekanligini takidladi. SHuningdek, u 1976 yilda dunyodagi oltin standartini bekor qildi — forum o'tkaziladigan joy nomi bilan dunyoda ataladigan u qabul qilgan zamonaviy pul tizimi paydo bo'ldi.

Ammo "Barselona"ga kelsak, oltinni dollarga aylantirish mexanizmi unchalik muhim emas. Qisqa qilib aytganda, klubga AQSHdagi singari vaziyat tahdid solmoqda, chunki barcha sarmoyachilar majburiyatlarni bir vavtda talab qilishgan. "Barcelona" esa barcha majburiyatlarni bir vaqtning bajara olmaydi. 

"Barselona"ning qisqa va uzoq muddatli qarz muammosini yanada chuqurroq tushunish uchun oddiy odam misolida ko'rib chiqamiz. Haftaning oxirigacha qo'shningizdan bir million so'm olasiz — bu qisqa muddatli qarz, besh yillik avtomobil krediti esa uzoq muddatli qarz hisoblanadi. Qo'shningizga to'lovni birinchi qaytarish muhimroq, chunki u bu majburiyat vaqtida amalga oshirilmasa, oraga sovuqchilik tushishi mumkin. 



Ammo qo'shni bilan ham, bank bilan ham turli xil vositalar yordamida muammoni hal qilish mumkin. Qarzni qaytarish muddatini kechiktirishni so'rashingiz mumkin. Avtokredit uchun qarzni qayta moliyalashtirishga to'g'ri keladi. Bu eski qarzni yangi qarz mablag'lari bilan qoplash imkonini beradigan jarayon. Ushbu yondashuv bir vaqtning o'zida bir nechta afzalliklarga ega: to'lash muddati uzaytiriladi va bazida shartlar ijobiy tomonga o'zgaradi (masalan, foiz stavkasi yoki oylik to'lov miqdori kamayadi). Odamlar va klublar (jumladan, "Barselona" ham) hozirda qarzlarni to'lash uchun va kelajakda ularni boshqa manbalardan qoplash uchun shunday qilishadi.

Nega klublarga Superliga kerak?

Top-klublar uchun Superliga qarzlarni qoplashning manbalaridan biri bo'lishi mumkin.

Birinchidan, uning 12 ta tasischisining umumiy qarzi 6,5 milliard evroni tashkil qiladi.

Ikkinchidan, ushbu klublarning transfer qarzi 2,5 milliard evroni tashkil qildi.

Uchinchidan (eng muhimi), ushbu klublarning moliyaviy qarzlarining 95% i banklarga tegishli (3,8 mlrd. evro), klub egalari esa atigi 5% (0,23) sarmoya kiritgan. Yani, bu qarzlarni hech kim hech qachon kechib yuborilmaydi — agar to'lovlar o'z vaqtida amalga oshirilmasa, foizlar qo'shib undiriladi. Dastlabki +/- 300 million evrolik to'lov ko'plab grand jamoalarga qarzni sezilarli darajada kamaytirishga va koronavirus yilidagi yo'qotishlarni qoplashga yordam beradi. SHu sababli ham ko'p yillar davomida shunchaki gap-so'zlardan so'ng, Superligani boshlashga urinish aynan bugungi kunda sodir bo'ldi.

"Bavariya" Superligaga qo'shilmadi, sababi ularda qarz muammosi yo'q. Umuman olganda bu to'g'ri. Hisobotlarda qarz ko'rsatkichi 0 ga teng bo'lgan va hatto "Alyanc Arena" qurilishi rejalashtirilganidan arzonroq va tezroq sodir bo'lgan. Superligaga qarshilardan yana biri bo'lgan PSJda ham qarz muammosi yo'q.

SHu bilan birga, myunxenliklar ham, parijliklar ham doimiy ravishda o'z chempionatlarida unvonlarni qo'lga kiritishadi va CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatli o'ynashadi. Ular umuman boshqacha yondashuv bilan boshqariladi, bu erda qarz olish ehtiyoji paydo bo'lmaydi. Ikkalasida ham nisbatan mustahkam va kuchli tarkib, qatiy infratuzilma mavjud va hozirda katta mablag' sarflashning hojati yo'q. Ammo, masalan, stadionni rekonstrukciya qilish yoki akademiyani qayta tiklash kerak bo'lsa, o'shanda bu masalani o'ylab ko'rishi mumkin. 

Evropa futbolida qarzdor bo'lmagan boshqa klublar ham bor ("Fulxem", "Byornli", "Napoli", "Kan" va boshqalar), ammo statistik malumotlarga ko'ra qarzdor klublar ancha kam. Va bu normal holat, chunki qarz mablag'lari o'zingiznikidan yaxshiroq foyda beradi.

Birinchidan, ular deyarli cheksiz miqdorda bo'lishi va uzoq vaqt davomida jalb qilinishi mumkin.

Ikkinchidan, qarz oluvchilarga soliq imtiyozlaridan foydalanishga ruxsat berishadi (imtiyoz daromad solig'i bo'yicha soliq solinadigan bazaning kamayishi bilan bog'liq).

Uchinchidan, qarz oluvchilar moliyaviy vositalar tasiridan foydalanish imkoniyatiga ega, yani katta foyda olishadi. Masalan, stadion qurilishi sarmoyalar hisobiga amalga oshadi, shunchaki klubning o'z mablag'i bilan buni amalga oshirishning imkoni yo'q.



Futbol rivojlanib va boyib boraveradi hamda bu qarz mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Bu normal holat.

O. A. tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика