So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  91 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Qayrat O'taboev: Qozog'istonda yashayapman, O'zbekiston esa vatanim Yangiliklar

Qayrat O'taboev: Qozog'istonda yashayapman, O'zbekiston esa vatanim

O'zbek futboli tarbiyalanuvchisi, keyinchalik Qozog'istonga ko'chib o'tib, u erda ham katta yutuqlarga erishgan Qayrat O'taboev professional futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Uning ortiq futbol o'ynashiga sog'lig'i yo'l qo'ymadi.
O'taboev o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga Paxtakor va Andijondagi o'yinlari bilan yaxshi tanish. Aynan shonli jamoamiz tarkibida u O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogini qo'lga kiritgandi. SHuningdek, Qayrat Qayrat hamda SHaxtyor klublari safida Qozog'iston chempioni ham bo'ldi. Ayni paytda Toshkent viloyatida tug'ilgan O'taboev Ostona shahrida yashayapti. Biz futbolchi bilan bog'lanib, u bilan suhbatlashdik.

- Qayrat, qarshi bo'lmasangiz, suhbatimiz avvalida o'zingiz haqingizda o'quvchilarimizga malumot bersangiz.

- Albatta. Men 1980 yilning 16 iyul kuni Toshkent viloyatida dunyoga keldim. Bolalik yillarim Yangibozorda o'tdi. Otam Komil Malikovich O'taboev futbol murabbiyi bo'lganlari uchun millionlar o'yiniga qiziqish o'z-o'zidan oilaviy muhit tasirida yuzaga keldi. Ilk saboqni aynan ulardan o'rgandim. Bolaligimda o'zimga kelajakda kim bo'laman, degan savolni tez-tez berardim. CHunki juda ko'p sohaga qiziqqanman. Ammo futbolga nisbatan qiziqish baribir hammasidan ustun chiqdi.

- Siz tahsil olgan dargohdan ko'plab ko'zga ko'ringan futbolchilar etishib chiqqan. Siz bilan o'qiganlar orasidan kimlarni alohida ayta olasiz?

- Sinfdoshlarim orasida istedodlilari ko'p bo'lgan. Lekin ularning hammasi ham keyingi faoliyatini futbol bilan bog'lamadi. Taqdir taqozosi bilan ko'pchiligi boshqa sohani tanlashdi. Oliy liga klublariga taklif etilganlarining hammasi ham turli sabablarga ko'ra o'ynab keta olishmadi. Adashmasam, hozirda SHerzod SHaripov Lokomotiv klubida o'ynayapti.

- Paxtakorga sizni kim taklif etgandi?

- Rahmatli Zafar Muhamadjonovich degan murabbiy bo'lardilar. Afsuski, u kishi hozir oramizda yo'q. Aynan shu inson meni Paxtakorga taklif qilgandi. Aniq esimda, 1997 yilning 16 iyun kuni ilk professional shartnomamni imzolagandim. O'sha 1997 yildan to 2003 yilga qadar ko'pchilik uchun armon bo'lib qolgan Paxtakor jamoasi sharafini himoya qildim. O'sha yillar jamoaning oltin davri edi, desam yanglishmayman. Bir necha bor mamlakat chempioni bo'ldik, kubokni qo'lga kiritdik. MDH kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdik. Lekin men jamoaga kelgan paytda Paxtakor turnir jadvalining o'rtalarida edi. 1998 yili klub rahbariyati jamoaga Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Azamat Abduraimov, Sobir Hodiev, Andrey Akopyanc, Nikolay SHirshov, Pavel Bugalo, Murod Aliev, Rustam SHoymardonov, Baxtiyor Ashurmatov, Baxtiyor Qambaraliev kabi tajribali futbolchilarni taklif etdi. Buning natijasida o'sha yili Paxtakor chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Men o'shanda 18 yosh edim. Tabiiyki, bunday mashhur futbolchilar bilan raqobatlashish juda mushkul edi. Bir tomondan shunday o'yinchilar bilan birga mashg'ulot o'tkazish maroqli bo'lgan. Ulardan juda ko'p narsa o'rgandim. Faqat to'p tepish emas, maydon tashqarisida o'zini qanday tutish, insoniylik fazilatlarini o'zlashtirdim. 2001 yili kumush medal sovrindori bo'ldik va shundan so'ng Paxtakorning chempionlik davri boshlandi. 2003 yili Qozog'istonning Qayrat klubiga ko'chib o'tdim. Meni futbolchi sifatida voyaga etkazgan Paxtakorni boshimni tik tutgan holda tark etdim. Bu jamoadan faqat yorqin xotiralar qolgan. Hozir Ostona shahrida yashayapman.

- O'sha siz uchun qadrdon bo'lib qolgan jamoa o'yinlarini hozir ham kuzatib boryapsizmi? Umuman, siz o'ynagan davr bilan hozirgisini taqqoslaganda, O'zbekiston chempionatida nimalar o'zgargan?


- Ochig'i aytsam, so'nggi bir yildan beri futboldan biroz uzoqlashib qoldim. O'tgan yilning mart oylaridan o'zimni biroz yomon xis qila boshladim. Sog'lig'im bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi. SHifokorlarning tavsiyasi bilan Istanbul shahrida jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldim. Menga yangi buyrak o'rnatishdi. SHu bois nafaqat futbolchilik faoliyatimni yakunladim, balki o'zim sevgan mashg'ulotdan ham uzoqlashib qoldim. Ayni paytda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Hozir Paxtakorda boshqa avlod vakillari o'ynashyapti. Bilishimcha, tarkibda yoshlar ko'pchilikni tashkil etmoqda. Hayot o'zi shunday. Keksa avlod ketadi, uning o'rnini yoshlar egallaydi.

- Murabbiylik haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Hamma futbolchi ham maydondagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'lib ketavermaydi. Kutilmagan ishlar bo'lib ketdi. Aslida futbolchilikni yakunlash haqida umuman o'ylamayotgandim.

- Ortga nazar tashlab, futbolchilik faoliyatimdan ko'nglim to'ldi, deya olasizmi? Yoki ko'prog'ini kutganmidingiz?


- Bilasizmi, men maksimum darajada o'ynashga harakat qilganman. Ammo sog'liq bilan bog'liq muammolar hamisha menga xalal berib kelgan. Afsuski, futbolda erishmagan yutuqlarim qoldi. Bu endi tarix. Balki qachonlardir murabbiylik faoliyatimni yo'lga qo'ysam, bu orzular ham ro'yobga chiqar.

- Nima uchun Qozog'istonga ketdingiz?


- O'sha paytda Qayrat jamoasidan har tomonlama manfaatli taklif bo'lgandi. Bunga rad javobini bera olmasdim. To'g'ri, O'zbekiston klublaridan ham chorlov bo'lgandi. Lekin Qayrat varianti yaxshiroq ko'rindi. Hozir shu mamlakat fuqarosiman. Lekin ota-onam, qarindoshlarim Toshkentda yashashadi. Lekin O'zbekiston mening vatanim. SHu yurtda dunyoga keldim, futbolchi sifatida shakllandim. Ozmi-ko'p muxlislar etiboriga tushdim. Hammasi uchun rahmat.

- Etiborga molik jihati, siz ham Qozog'iston, ham O'zbekiston terma jamoalari safida o'ynashga muvaffaq bo'lgansiz. FIFA bunga to'sqinlik qilmaganmidi?

- Yo'q. FIFA tomonidan qarshilik bo'lmagan. Bu mavzuda menga juda ko'p savol berishadi. Malum muddat O'zbekiston yoshlar termasi sharafini himoya qildim. Milliy terma jamoadan taklif oldim va bir marta Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. 2004 yili oilam bilan Qozog'istonga ko'chib o'tdim va u erga borishim bilan fuqarolikni qabul qildim. Keyin kutilmaganda Qozog'iston terma jamoasidan chorlov bo'ldi.

- O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvining o'tkazilishi ko'pchilik uchun juda qiziq. Sizningcha, agar shu o'yin tashkil etilsa, qaysi jamoa g'alaba qozonadi?

- Haqiqatan ham, ikki qardosh jamoalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etilsa, ajoyib ish bo'lardi. Nima uchun ikki mamlakat futbol federaciyalari bu haqda bosh qotirishmayapti? SHu narsa meni o'ylantiradi. Adashmasam, so'nggi o'yin 2007 yili bo'lib o'tgandi. Avvallari o'smirlar, yoshlar terma jamoalari o'zaro juda ko'p to'qnash kelishardi. Endi savolingizga kelsak, qaysi jamoa g'olib bo'lishini bilmayman. Har ikki jamoaning ham o'ziga yarasha ustun jihatlari bor. Men ikkala jamoaga ham muxlislik qilardim. Durang natija qayd etilsa, ko'proq xursand bo'laman.

- Bir necha yildirki, Qozog'iston UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda ishtirok etyapti. Lekin natijalar ko'ngildagidek emas. Sizningcha, UEFAga o'tish bu to'g'ri qaror bo'lganmi? Mamlakat futboli Evropaga o'tganidan so'ng nima o'zgardi?

- SHubhasiz, bu to'g'ri qaror edi. Terma jamoalarimiz Evropaning ko'zga ko'ringan terma jamoalari bilan o'ynayapti. Muxlislar dunyo futboli yulduzlarini jonli tarzda ko'rib, ularning betakror o'yinidan zavq olishyapti. To'g'ri, natijalar yaxshimasdir, lekin ilk yillar bilan taqqoslaganda ijobiy tomonga o'zgarish bor. Klublar miqyosidagi natijalar aytishga arzigulik. Mana bu yil Qarag'andaning SHaxtyor klubi qozoq futboli tarixida ilk Evropa Ligasining guruh bosqichida o'ynayapti. CHempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqishiga ozgina omad va tajriba etishmadi. Evropa Ligasi guruh bosqichida qatnashish ham tarixiy natija. Terma jamoalarda ham asta-sekin natija bo'lib qoladi. Faqat buning uchun vaqt kerak. Endi ichki chempionatlarga kelsak, shaxsiy fikrim Qozog'iston premer-ligasi bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng kuchli liga bo'lib turibdi. Qozoq klublari o'z tarkiblariga kuchli legionerlarni taklif etishyapti. Asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat kuchayib ketdi.   

- O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2014dagi omadsizligini qanday qabul qildingiz?

- Achinarli yakun. Terma jamoaning hal qiluvchi 4-saralash bosqichidagi o'yinlarini kuzatib bordim. CHin yurakdan achindim. Axir, O'zbekiston mening vatanim-ku! Biz mundialga juda-juda yaqin kelgandik. Qozog'istonda ham futbol ishqibozlari va matbuot O'zbekiston terma jamoasining JCHga chiqa olmaganini juda ko'p va xo'p muhokama qilishdi. Xuddi o'zlarining mag'lubiyatlaridek qayg'urishdi. Deyarli barcha milliy terma jamoamizning Braziliyaga borishiga ishongandi.

- O'zbekistonlik bir necha futbolchilar ayni paytda Qozog'iston chempionatida to'p surishyapti. Ular bilan ko'rishib turasizmi?


- O'tgan yili tez-tez maydon va uning tashqarisida uchrashib turardik. Bir-birimizga qarshi maydonga tushardik. Bir yilga yaqinroq vaqt mobaynida futboldan tashqarida qolib ketayotganim uchun yigitlar bilan ko'rishmayapmiz. Hozir Kapadze, Geynrix va Bikmaevga qo'ng'iroq qilish uchun yaxshigina asos bor: axir, Aktobe Qozog'iston chempioni bo'ldi-ku! Ularni albatta bu yutuq bilan tabriklab qo'yaman.

- Qozog'iston chempionati legionerlar hisobiga kuchaymoqda, degan fikrni aytdingiz. Xo'sh, hozirda xorijlik futbolchilar uchun qozoq klublari taxminan qancha maosh to'lashyapti?

- Aksariyat futbolchilarning klub bilan tuzgan shartnomalarida maoshlarni oshkor qilmaslik bandi kiritilgan. SHu bois, legionerlarning qancha maosh olayotganini aniq bilmayman. Menimcha, 10 mingdan 30 ming AQSH dollarigacha maosh olishadi. Bilganim, 10 mingdan kam emas.

- Agar shunday bo'lsa, klublaringizning moliyaviy ahvoli yaxshi ekanda?

- Qozog'istonda futbolchilarga munosabat umuman boshqacha. UEFAga azo bo'lingandan keyin futbolga qarash umuman o'zgardi. Klublarga birinchi galda futbolchilarning manfaatini o'ylab ish yuritish vazifa qilib qo'yilgan.
 

Blic savol-javoblar
- Qayrat O'taboevning muxlislik qiladigan jamoasi?


- O'zbekiston va Qozog'istonning barcha yosh toifasidagi terma jamoalariga muxlislik qilaman. SHuningdek, Italiya terma jamoasiga ham ishqibozman. JCH-2014da moviy gvardiyachilarning chempionlik shohsupasiga ko'tarilishiga ishonyapman. Ammo Braziliya va Ispaniya terma jamoalari bunga osonlikcha rozi bo'lishmaydi.  

- Yoqtirgan mashina rusumingiz?
- Mersedes markali mashinalar yoqadi.

- Taom pishirishni bilasizmi?

- Albatta. Oshxona - sevimli joyim. Ochig'i, o'zbekcha to'y oshini sog'indim.

- Siz tomosha qilgan so'nggi film?

- O'tgan dam olish kunlari bir nechta filmlarni tomosha qildim. Ular orasida SHindlerning ro'yxati, Kloklo, Stalingrad filmlari maqul keldi. O'zi bolalikdan tarixiy janrdagi kartinalarni sevib tomosha qilaman.

- Joriy mavsum hisobidan dastlabki El-Klassikoni ko'rdingizmi?

- Bo'lmasamchi. Lekin bu gal Barselona-Real to'qnashuvi El-Klassikoga o'xshamadi. Jamoalar nisbatan sokinroq o'yin namoyish etishdi.

- Xo'sh, kimga muxlislik qildingiz?

- SHubhasiz, Barsaga.

- Sizningcha, kim kuchliroq: Maradonami yoki Pele, Messimi yoxud Ronaldu, Barselonami yo Real, Bavariyami yoki Borussiya?

- Maradona va Pele men uchun afsonaviy futbolchilar. Ularni bir-biri bilan umuman taqqoslamagan bo'lardim. Ular turli davrlarda o'ynashgan va har ikkisining ham o'ziga yarasha ustun jihatlari bor. Messi esa o'zga sayyoralik. Unga ko'pchilik qatori men ham shunday tarif beraman. Bavariya dortmundliklarga qaraganda kuchliroq. Lekin ikkala jamoada ham ajoyib murabbiylar ishlashyapti.

- Oilangiz haqida ham malumot bersangiz.

- Ikki yil avval uylandim. Hozir rafiqam bilan birga yashayapmiz. Sog'-lig'im sabab farzandli bo'lish biroz ortga surilgandi. Yaqin orada ota va ona bo'lish arafasidamiz. Farzandlarim sportchi yoki futbolchi bo'lishadimi? Tanlovni ularning o'ziga qo'yib beraman.
 
Bizning malumot
Qayrat O'taboev - 1980 yil 16 iyulda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olgan. Ilk murabbiyi - otasi Komil aka O'taboev. Paxtakor jamoasi tarbiyalanuvchisi. SHerlar tarkibida mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng, Qozog'istonning Qayrat, Olma-Ota, Megasport, SHaxtyor va Irtish klublarida o'ynagan. Orada, 2009 yil Andijon safida ham to'p surgan. Qozog'iston milliy terma jamoasi tarkibida 10ta o'yin o'tkazgan. O'zbekiston terma jamoasi libosida esa Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.
Qo'lga kiritgan yutuqlari

2001-2002 - kubok (Paxtakor)
2002 - chempion (Paxtakor)
 2004 - chempion (Qayrat)
2003 - kubok (Qayrat)
2005 - bronza (Qayrat)
2011 - chempion (SHaxtyor)
 2012 - kumush (Irtish)
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: InterFutbol gazetasi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика