So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Qachondir futbol o'ynay olmasligimni o'ylasam, qo'rqib ketaman" - "Real"ning bo'lajak yulduzi, Benzemaning navbatdagi raqobatchisi haqida Yangiliklar

"Qachondir futbol o'ynay olmasligimni o'ylasam, qo'rqib ketaman" - "Real"ning bo'lajak yulduzi, Benzemaning navbatdagi raqobatchisi haqida

Ha, Karim Benzemaga navbatdagi, lekin bu safar jiddiy raqobatchi topildi.

Kuni kecha xarid qilingan serbiyalik hujumchi Luka Yovich Benzema uchun yaxshigina bosh og'riqqa, jiddiy raqobatchiga aylanishi mumkin.

O'tgan mavsum "Ayntraxt" safida Bundesligada 17ta gol, Evropa ligasidagi barcha raqiblari darvozasiga kiritgan jami 10ta goli bilan tanilgan Luka Yovich "Real" azosiga aylandi.

Qisqa malumot:

Ism sharifi: Luka Yovich 

Yoshi: 21

Klub: "Real"

Poziciya: hujumchi

Fuqaroligi: Serbiya

2018/19: 55 o'yin, 29 gol

Luka Yovich haqida yanada qiziqarli material: Yoshligida mashinada yashagan, hozir superklublar etiboriga tushgan hujumchi hayoti 


Kim u?

O'tgan 2018/19 yilgi mavsumda Luka Yovich Bundesliga va Evropa ligasida raqiblar uchun chinakamiga bosh og'riqqa aylandi. "Ayntraxt" Luka Yovichning transfer huquqini "Benfika"dan sotib olganidan 2 oy o'tgach "Real" hujumchini frankfurtliklardan to'laqonli sotib oldi. Luka o'tgan yilning oktyabr oyida o'z nomini yaxshigina mashhurlikka olib chiqdi. Aynan o'sha oyda futbolchi yuqori samaradorlik ko'rsatdi. Ayniqsa Bundesligada bir o'yinda 5ta gol urgan Luka chempionat tarixidagi bu natijani qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.


Ustunlik tarafi


Luka Yovich jarima maydonchasi ichida futbol tili bilan aytganda, haqiqiy "nayza". Yovich jarima maydonchasi ichida istalgan usul yoki uslubda bo'lmasin doim darvozani ishg'ol etishga oshiqadi. Bu borada juda sovuqqon futbolchi. Bosh bilan ham, oyoq bilan ham birdek xavfli. Yovich hujumda yakka tartibda xam, tandem sifatida ham bemalol o'ynashi mumkin. Uning zarbalari nafaqat kuchli, balki darvozabonlar uchun doim noqulay. SHuningdek, hujumchi uchun muhim bo'lgan yana bir jihatlari sifatida, ko'p ham jarohatga moyilligi yo'q va jismoniy taraflama ancha baquvvat futbolchi.


Oilasi haqida

Yovichning otasi Milan ham professional ravishda futbolchilik faoliyatini yurg'izgan. Faqat otasi o'g'lidan farqli ravishda hujumda emas, balki himoyada javlon urgan. Yovich yoshligida "Crvena Zvezda" jamoasi akademiyasida shug'ullangan va keyinchalik 18 yoshida "Benfika"ga o'tgan. O'tgan yili esa ijara maqomida "Ayntraxt"ga borgan Yovich o'zini tom manoda qayta kashf etdi va butun futbol olamiga tanildi. Frankfurt jamoasi esa mavsum yakuniga yaqin ijara shartnomasini to'liqligicha sotib olib, keyinchalik futbolchini "Real"ga pulladi. 


Yovichning debyuti

Luka "Crvena Zvezda"da 2014 yili, 16 yoshida debyut qilgan. SHuningdek, Luka "Crvena Zvezda" tarkibidagi gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan. Aniqrog'i, Luka Yovich "Crvena Zvezda"da boshqa bir mashhur futbolchi Deyan Stankovichning rekordini yangilagan. "Ayntraxt"dagi debyut bahsi ham Luka uchun juda omadli bo'lgandi. Germaniya Kubogi doirasidagi "SHalke"ga qarshi bahsda Luka yangi jamoasidagi ilk o'yinida tovoni bilan gol urib, debyut bahsini chiroyli nishonlagan. 


"Real", Serbiya terma jamoasi va yoshlari tarkibida raqobat haqida

Luka Yovich "Real"da ko'plab to'qqizlik hujumchilarini raqobatda engib chiqqan va asosiy tarkibdagi o'rnini hech kim bo'shatmay kelayotgan Karim Benzema bilan bahslashishiga to'g'ri keladi. Bu nafaqat Luka uchun, balki Karim uchun ham chinakamiga bosh og'riqqa aylanishi kutilmoqda. SHuningdek, Luka Serbiya terma jamoasida ham asosiy tarkib uchun kurashda raqobatga kirishgan. Va joriy yil yozda Yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etadi. Luka Yovich Serbiya yoshlar terma jamoasining kvalifikaciya raundidagi eng yaxshi to'purariga (7 gol) aylandi.


U haqida nima deyishmoqda?

"Men bu yoshdagi mazkur darajada futbol o'ynaydigan futbolchini ko'rmaganman. Unda hech kimda yo'q qandaydir sifatlar mavjud. Qaysidir taraflama Toni Yeboaga o'xshasa, bazi taraflama, ayniqsa jismoniy jihatdan Gerd Myullerni eslatib yuboradi. Luka uchrashuvning istalgan paytida o'rtadagi farqni amalga oshirishga qodir futbolchi. CHap va o'ng oyoqda hamda bosh bilan ham birdek kuchli o'ynaydi", - deydi Luka haqida "Ayntraxt" jamoasi safida rekord darajada ko'p o'yin o'tkazgan Karl-Xaync Kerbel.

"Futbol uning qonida bor. Ko'cha futboli havosini olgan va gol xidini juda sezgir futbolchi. Gol urishi mumkin bo'lgan barcha tana azolarini birdek ishlatadi. Texnik taraflama ham, ikkala oyoqda ham birdek o'ynashga qodir kuchli iqtidor egasi. Hujumchiga kerakli bo'lgan barcha sifatlar Yovichda mavjud", - deydi "Ayntraxt"ning sobiq futbolchisi, ayni paytda "Barselona" azosi Kevin-Prins Boateng.



"Qachondir futbol o'ynay olmasligimni o'ylasam, qo'rqib ketaman"

Ha, bu so'zlar Luka Yovichga tegishli. "Real"ning yangi azosiga aylangan Yovichning bazi so'zlaridan iqtibos keltiramiz.

"Yoshligimdan men uchun futboldan boshqa muhim narsa bo'lmagan. Har kuni soatlab maydonda yugurardim, to'p tepardim. va albatta bu endi o'z mevasini berdi. Bazida o'ylab qolaman, qachondir futbol o'ynay olmasligimni o'ylasam, qo'rqib ketaman. Qachondir futbolchilik faoliyatimni tugatish haqida o'ylash men uchun og'ir. 

Istalgan yosh futbolchi Messi va Ronalduning o'yinlaridan lazzatlanadi. SHuningdek, menga Ibragimovich ham yoqadi. Lekin mening kumirim Falkao. 

Men joriy mavsum ilk marotaba Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etdim. Hissiyotlar bir olam. Ko'plab o'yinlar, to'g'ri, charchayapmiz, lekin bundan hecham nolimayman. Kelasi mavsum ham evrokuboklarda o'ynashimizni inobatga olsam, charchoq tezda unut bo'ladi", - deydi Luka Yovich.

Luka Yovich haqida yanada qiziqarli material: Yoshligida mashinada yashagan, hozir superklublar etiboriga tushgan hujumchi hayoti

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика