Pyontekning keyingi jamoasi malum
06 jan 2022 11:53
Yangiliklar
Pyontekning keyingi jamoasi malum
"Gerta" forvardi Kshishtof Pyontek "Fiorentina" o'yinchisiga aylanadi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, transfer borasida kelishuvga erishilgan. SHaxsiy shartnoma bo'yicha ham kelishuvga erishilgan.
Gap 15 million evroga xarid qilish huquqi bilan tekin ijara haqida ketmoqda. O'yinchiga oldinroq uning sobiq klubi "Jenoa" ham qiziqish bildirgandi. U A Seriyada shuningdek "Milan" safida ham to'p tepgan.
26 yoshli Polyak joriy mavsum "Gerta" tarkibi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar